Kontent qismiga oʻtish

Pukxansan milliy bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.


Pukxsan
koreyscha: 북한산국립공원
Joylashuvi37,675/126,982
Maydon79,916
Tashkil topgan sanasi1983-yil 2-aprel
Tamosha qilganlar5 000 000
Boshqaruvchi tashkilotKoreya milliy bogʻlari xizmati

Pukxansan milliy bogʻi (koreyscha: 북한산국립공원) – Koreya Respublikasi, Seul va Kyonnggi provinsiyasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan milliy bogʻ. Milliy bogʻ maqomi 1983-yil 2-aprelda berilgan[1]. Puxansan togʻ tizmasi hududida joylashgan. 2494 dan ortiq hayvonlar, oʻsimliklar va zamburugʻlar uchraydi. Parkning umumiy maydoni 79 916 km².

Seulning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Pukxansan dunyodagi shahar ichida joylashgan kam sonli milliy bogʻlardan biridir.

Bogʻ butunlay poytaxtning urbanizatsiyalangan hududi va uning atrofidagi hududlar bilan oʻralgan, shaharning oʻpkasi deyiladi. Bogʻ 20 million aholiga ega shaharda joylashganligi bilan sayyohlar orasida juda mashhur. Har yili unga 5 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi, shuning uchun Ginnesning rekordlar kitobiga hudud birligi boʻyicha eng koʻp tashrif buyuruvchilar soniga ega milliy bogʻ sifatida kiritilgan. Biroq, bu qadar koʻp tashrif buyuruvchilar parkning ekotizimiga zararli taʼsir koʻrsatadi[2].

Bogʻ Buxansan togʻ tizmasida joylashgan boʻlib, balandligi taxminan 800 metr boʻlgan uchta togʻ choʻqqisini oʻz ichiga oladi: Begunde (836,5 m), Insubong (810,5 m) va Mangyongde (799 m). Bogʻning tabiiy diqqatga sazovor joylari orasida koʻplab sharsharalar, tomosha maydonchalari mavjud. Hududda tarixiy va madaniy yodgorliklar – yuzdan ortiq buddist ibodatxonalari va qariyb ikki ming yillik tarixga ega boʻlgan 9,5 km uzunlikdagi Pukxansanseong qal’a devori joylashgan. Shuningdek, uzunligi 2,5 dan 8,6 km gacha boʻlgan oʻndan ortiq jihozlangan va tarixiy, maʼrifiy va sport yoʻlaklarga ega.

Flora va faunasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya Milliy bogʻi xizmati maʼlumotlariga koʻra, bogʻda 692 turdagi oʻsimliklar, 21 turdagi sutemizuvchilar, 12 turdagi amfibiyalar, 11 turdagi sudraluvchilar, 136 turdagi qushlar, 1106 turdagi hasharotlar, 196 turdagi bentik umurtqasizlar, 6 turdagi baliq, va 314 turdagi yuqori sinf zamburugʻlari mavjud.

Oʻsimliklar orasida Koreya milliy bogʻi xizmati ayniqsa tosh forsitiyaga (Forsythia saxatilis) eʼtibor qaratadi. Zaytun oilasiga mansub bu oʻsimlik turi birinchi marta Buxanson togʻ tizmasida topilgan. Hozirgi vaqtda tabiiy yashash joyini yoʻqotish tufayli kamdan-kam uchraydi.

Qushlar orasida ayniqsa, Dendrocopos major eʼtiborga molikdir.

  1. „History“ (en). Korea National Park Service. 2015-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
  2. „Introduction“ (en). Korea National Park Service. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.