Kontent qismiga oʻtish

Pul belgilari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pul belgilari – pulning koʻrinish shakli, muomalada qatnashadigan pulning turlari. Pulga xos umumiy belgilar: qiymat miqdorini koʻrsatuvchi raqamlar, davlat gerbi, individual seriya va uning soni, maxsus rasm, chizmalar, naqshlar; xususiy belgilar: qogʻoz tarkibi, hajmi, eni va boʻyi, boshqa pullardan farqlanadigan va takrorlanmaydigan belgilardan iborat. Oʻzbekistonda qogʻoz belgilar va mayda tangalar shaklida chiqariladi. Pul belgilari nominallari naqd hisob-kitoblarni, toʻlovlarni oqilona tashkil etishga imkoniyat beradigan darajada belgilanadi. Inflyasiya yuz berayotgan vaziyatlarda Pul belgilari yirik nominalda chiqariladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil