Kontent qismiga oʻtish

Puls

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Puls (lot. pulsus — turtki) — tomir urishi. Yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi; kengayib, torayishi. Arterialvenoz va kapillyar P. tafovut etiladi. Odatda, bilak arteriyasi P.i eng katta amaliy ahamiyatga ega.

Sogʻlom kishilarda P.ning tezligi yurak qisqarishi tezligiga moye boʻlib, bir min.da 60—80 marta tomir urishiga teng . Yurakning bir min.da 90 mar-tadan ortiq qisqarishi taxikardiya, 60 martadan kam qisqarishi — bradikar-diya deb ataladi. Yurakning baʼzi kasalliklarida P. yurak qisqarishi tezligidan kam boʻlishi mumkin — P. defitsita. P. bolalarda kattalarga nisbatan ortiqroq, qiz bolalarda oʻgʻil bolalarga nisbatan birmuncha ortiqroq, tunda kunduziga nisbatan kamroq boʻladi.

Jismoniy mehnat qilganda, nervemotsional reaksiyalarda P. ortadi.

Normal holatda P. ritmik (bir tekis), yaʼni P. toʻlqinlari maʼlum vaqt oraligʻida sodir boʻladi. Yurak ritmining buzilishi aritmiya deb ataladi (qarang Yurak-tomir sistemasi), bunda P. toʻlqinlari bir xil vaqt oraligʻida notekis boʻladi. P.ning tarangligi ar-terial qon bosimiga bogʻliq, gipertoniyada goyatda kuchayadi, gipotoniya va yurak kasalliklarida boʻshashadi. P.ning toʻliq yoki toʻliq emasligi yurak qisqarishi kuchiga bogʻliq. P.ning boshqa oʻziga xos koʻpgina xususiyatlarini bilish vrachga bemorning ahvoli haqida maʼlumot beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil