Pure Imagination
„Pure Imagination“ | |
---|---|
Gene Wilder Willy Wonka rolida qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1971-yil |
Davomiyligi | 4:20 |
Leybl | Paramount |
Matn muallif(lar)i | Leslie Bricusse, Anthony Newley |
„Pure imagination“ – 1971-yilda Willy Wonka & the Chocolate Factory (Willy Wonka va shokolad fabrikasi) filmida kuylangan qoʻshiq. Uni ingliz bastakorlari Leslie Bricusse va Anthony Newley film uchun maxsus yozishgan[1]. U Willi Wonka rolini ijro etgan Gene Wilder tomonidan kuylangan. Bricusse qoʻshiq telefon orqali bir kunda yozilganini aytgan[2]. Qoʻshiqda ogʻzaki tarzda aytilgan kirish soʻzlari mavjud[3].
Chiqarilganidan beri qoʻshiq turli xil sanʼatkorlar tomonidan yuzlab marta kover tarzda qayta kuylangan va remiks koʻrinishlari ishlangan[3]. Asl qoʻshiq birinchi marta chiqarilganda u qadar mashhur boʻlmagan. Filmning oʻzi blokbaster emas edi va saundtrekdagi boshqa qoʻshiqlar bunisiga qaraganda yaxshiroq ijro etilgan. 1980-yillarda film televideniyening takroriy namoyishlarida paydo boʻla boshlagach, film va „Pure Imagination“ qoʻshigʻi mashhur boʻla boshladi[2][4]. Garchi asl qoʻshiq hech qachon chartga kirmagan boʻlsa-da, baʼzi kover versiyalari katta mashxurlikka erishgan[5][4].
2016-yilda Wilderning oʻlimidan bir hafta oʻtgach qoʻshiq tarqalishi va sotuv hajmdagi koʻrsatkichi 1000% dan koʻproqqa koʻtarildi[5]. Qoʻshiq televidenie, radio va ijtimoiy tarmoqlarda Wilderga bagʻishlangan tarzda takror-takror qoʻyildi[4][6]. 2005-yilda suratga olingan Charlie va shokolad fabrikasi remeyk filmi uchun bu qoʻshiq umuman ishlatilmagan boʻlsa-da, qoʻshiq 2023-yilgi „Wonka“ prekvel filmida ham reklama materiallarida, ham filmning oʻzida, Timothée Chalamet tomonidan Wonka rolini ijro etish davomida kuylangan[7].
Koverlarning mashhur versiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2005-yilda DJ Ford Jori ishtirokidagi EDM versiyasini chiqardi. U Billboard Dance Club chartida birinchi oʻrinni egalladi.
- 2013-yil sentyabr oyida qoʻshiq Fiona Apple tomonidan kuylangan Chipotle qisqa metrajli filmida qoʻyildi[8]. (AQSh № 104)[9].
- Ruby Arias (Emma Tremblay tomonidan tasvirlangan) Supergirl serialida „The Faithful“ epizodida maktab konserti uchun qoʻshiq koveri kuylangan[10].
- Qoʻshiqning instrumental versiyasi 2017-yilda Marvel Studiosning "Thor: Ragnarok" filmida namoyish kuylangan[11][12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Stories of Standards: "Pure Imagination"“. KUVO (2019-yil 3-aprel).
- ↑ 2,0 2,1 Riedel. „Gene Wilder's most famous song was originally a dud“. New York Post (2016-yil 30-avgust).
- ↑ 3,0 3,1 „Why Has 'Pure Imagination' Been Covered So Many Times?“. WNYC Studios (2014-yil 22-oktyabr).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Geddes. „'Pure Imagination' By Gene Wilder From 'Willy Wonka' Hits iTunes Chart 45 Years After Initial Release“. Tech Times (2016-yil 31-avgust).Geddes, James (31 August 2016). „'Pure Imaginationʼ By Gene Wilder From 'Willy Wonkaʼ Hits iTunes Chart 45 Years After Initial Release“. Tech Times.
- ↑ 5,0 5,1 Zellner, Xander (September 7, 2016). „'Pure Imagination' Streams Increase 1,061% After Gene Wilder's Death“. Billboard. 2016-09-10da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2024-01-05.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: bot: original URL status unknown ()Zellner, Xander (7 September 2016). . Billboard. Archived from the original on 10 September 2016. - ↑ Hines. „Coldplay performs touching Gene Wilder tribute with 'Pure Imagination'“. Today (2016-yil 31-avgust).
- ↑ Rudoy. „Timothée Chalamet Finally Sings Iconic Gene Wilder Song In New Wonka Trailer“. ScreenRant (2023-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ Roberts. „Fiona Apple covers Willy Wonka in striking new Chipotle clip“. Los Angeles Times (2013-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Fiona Apple – Chart history | Billboard“. Billboard. Qaraldi: 26 August 2016.
- ↑ „'Supergirl' recap: Kara hosts an awkward girls' night“ (en-US). EW.com (2017-yil 31-oktyabr). 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
- ↑ Schmidt. „'Thor: Ragnarok' Has A Willy Wonka Easter Egg“ (en). Comicbook.com (2017-yil 4-noyabr).
- ↑ Armitage. „12 amazing Easter eggs from Thor: Ragnarok“ (en). Digital Spy (2017-yil 25-oktyabr).