Pushkin haykali, Ijevskda
Aleksandr Sergeevich Pushkin haykali — Ijevskda Udmurt davlat universiteti yonidagi Universitet maydonida oʻrnatildi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet yonida, Pushkin haykalini oʻrnatish gʻoyasini birinchi boʻlib rektor Vitaliy Juravlev ilgari surgan. Yodgorlik haykaltaroshlar Burganov Aleksandr Nikolaevich va Burganov Igor Aleksandrovich tomonidan yaratilgan. A. N. Burganov uchun, bu Nyu-York va Moskvadagi Nikitskiy darvozasidagi yodgorliklardan keyingi, Pushkinning uchinchi yodgorligidir.
Pushkin haykali 2003-yil iyun oyi boshida, rektor Vitaliy Juravlev koʻplab tomoshabinlar yigʻilishi va bastakor Georgiy Sviridovning „Pushkin gulchambari“ hamda Pushkinning „Yashasin quyosh, zulmat berkinsin!“ sadolari ostida ochilgan.
2012-yil 6-iyun kuni Udmurt universitetining filologiya fakulteti talabalari tomonidan yodgorlik yonida Pushkin asari asosida teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy kompozitsiya tashkil etildi[1]. 2012-yil 22-iyun bu yerda Rossiya yoshlari kunini nishonlash doirasida talabalar ijodiyoti festivali ham boʻlib oʻtdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Студенты филфака УдГУ будут читать стихи у памятника Пушкину в Ижевске“ (ru). Известия Удмуртской Республики (2012-yil 6-iyun). 2019-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
- ↑ „Творческие студенты Удмуртии соберутся у памятника Пушкину“ (ru). Аргументы в Ижевске (2012-yil 22-iyun). 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Нина Пузанова. „Ижевск на фоне Пушкина“ (ru). Независимая газета (2003-yil 3-iyul). 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
- А. Н. Бурганов, И. А. Бурганов. „В июне 2003 г. в Ижевске на территории Удмуртского государственного университета состоялось торжественное открытие памятника А.С. Пушкину“ (ru). Московский государственный музей «Дом Бурганова». 2008-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.