Kontent qismiga oʻtish

Pustula

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pustula (Lotincha: pustula — gʻudda), ichiga yiring toʻplangan pufakcha. Pustulaning terida yuza yoki chuqur joylashishiga qarab yuzaki (husnbuzar, follikulit, impetigo, sizlogʻich) hamda chuqur (ektima, ruliya) xillari farq qilinadi. Terining turli yiringli kasalliklari (piodermiya) kasallikning ikkinchi davrida uchraydi. Chuqur pustula bitganidan keyin oʻrni chandiq boʻlib qoladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil