Kontent qismiga oʻtish

Putin's People

Vikipediya, erkin ensiklopediya
inglizcha: Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West
Muallif(lar) Catherine Belton
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 2020-yil aprel
Nashriyot HarperCollins
Sahifalar soni 640
ISBN 978-0-374-71278-5

Toʻliq nomi: Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West (oʻzbekcha: Putinning odamlari: Qanday qilib KGB Rossiyani qaytarib oldi va Gʻarbga yurish boshladi) — britaniyalik jurnalist Catherine Belton tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va rossiyalik milliarderlar haqida yozilgan kitob. 2020-yil aprelda HarperCollins nashriyotida chop etilgan.

Asar 16 yil davomida Financial Timesning Moskvadagi korrespondenti boʻlgan va Rossiyada yashagan britaniyalik jurnalist Catherine Belton tomonidan yozilgan. U Moskvada korrespondentlik qilish davomida oligarxlar, amaldorlar, maxsus xizmat vakillari va Kremlda ishlovchi insayderlar bilan yaqindan tanishgan[1]. Kitob „Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin odamlari, KGB (DXB) ning sobiq ofitserlari va kuchishlatarlar postsovet iqtisodiyoti va davlat institutlarining yogʻli sohalarini oʻz taʼsir doirasida tutib turgani“ haqida hikoya qiladi[2]. Kitob jurnalistik surishtiruv shaklida yozilgan boʻlib, Kremldagi insayderlar, diplomatlar, razvedkachilar, prokurorlar, kriminal shaxslar va oligarxlardan, asosan anonim tarzda[1][2] olingan sharhlardan iboratdir[1][2].

2021-yil mart, aprel va iyul oylarida Putin's People kitobini chop etgani uchun HarperCollins nashriyotini yolgʻon maʼlumotlarni tarqatishda ayblab bir necha marotaba sudga berishgan. Sudga berganlar:

Londonda sudgacha boʻlgan kelishuv shartlariga koʻra kitobni chop etgan HarperCollins nashriyoti kitobda keltirilgan maʼlumotlar boʻyicha muallif milliarderlar bilan gaplashmasdan, ushbu maʼlumotlarni chop ettirgani uchun uzr soʻradi va kitobning keyingi nashlarida bahslarga sabab boʻlgan maʼlumotlar chop etilmasligini maʼlum qildi[4][5].

2020-yil „The Times“, „The Sunday Times“ va „The Daily Telegraph“ nashrlari „Putin's People“ kitobini yil kitobi deb eʼlon qildilar.