Pyarnu
Qiyofa
Pyarnu (1917-yilgacha rasmiy nomi — Pernov) — Estoniyadagi shahar. Pyarnu daryosi Riga qoʻltigʻiga quyilish joy-ida. Dengiz porti va dare pristani. Dengiz boʻyi iqlim va balchiq kurorti. Yozi moʻʼtadil iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 17°), qishi moʻʼtadil yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°); yiliga 540 mm yogʻin yogʻadi. Baliq konservalash, zigʻir tola toʻqimachilik kombinatlari, mashinasozlik, oziq-ovqat va oʻrmon sanoati korxonalari, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, shoira Lidiya Koydulaning memorial muzeyi (1945), turistik baza mavjud. Shahar 13-asrdan maʼlum, rus solnomalarida Pernava nomi bilan tilga olinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |