Kontent qismiga oʻtish

Pyero della francheska

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pyero della francheska (Piero della Francesca) (taxminan 1420 — Toskana — 1492) — italyan rassomi, sanʼat nazariyotchisi, Umbriya maktabining yirik namoyandasi. Pyero della francheskaF. ijodiga obrazlarning ulugʻvorligi, shakllarning hajmdorligi, koloritning shaffofligi, makonni tadrijiy perspektivali qurilishi kabi badiiy xususiyatlar xos; asarlari rangdor va serjilva, nurga boyligi bilan ajralib turadi. Pyero della francheskaF. Aretssodagi San-Franchesko cher-kovi devorlariga ishlagan freskalar turkumi diqqatga sazovor ("Imperator Konstantinning tushi" va boshqa, 1452— 66), "Isoning choʻqintirilishi" (1450—55), "Federigo da Montefel-tro portreta" (1465) va boshqa Pyero della francheskaF. sanʼatning nazariy masalalariga bagʻishlangan asarlar ham yaratdi ("Rangtas-virda perspektiva" va boshqalar). Rassom ijo-di Italiya Uygʻonish davriga asos yaratdi hamda Venetsiya va Florensiya rangtasvir maktablarining shakllanishida muhim oʻrin egalladi.[1]

Pyero della Francheska
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil