Kontent qismiga oʻtish

Pyezomagnetizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pyezomagnetizm (yun. piezo — bosaman, qisaman va magnetizm), pyezomagnit effekt — tashqi bosim taʼsirida moddada magnitlanganlik xususiyatining hosil boʻlishi. P. moddalarning magnit strukturasiga bogʻliq. P. faqat antiferromagnit kristallar (MnF2, CoF2 va Gʻe2O3)da kuzatiladi. Bu kristallarda magnitlanganlik kattaligi elastik kuchlanishga proporsional-dir. P.ga teskari effekt — antiferromagnetiklarning chiziqli magnito-striksiya effekti ham mavjud. Bu effekt tashqi kuchlanishlar taʼsirida kristall oʻlchami oʻzgarishining magnit maydoniga proporsional boʻladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil