Kontent qismiga oʻtish

Pygame

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PyGame – kompyuter o‘yinlari hamda multimedia dasturlarini yozishga mo‘ljallangan Python dasturlash tilining modullari to‘plami.

Dasturchilarning aksariyati dasturlash sohasiga dastlab o‘yin dasturlarini tuzish maqsadida kirib keladi. Hamma ham professional darajada o‘yin dasturi yaratuvchisi bo‘la olmaydi. Ammo o‘ta qiziqqanligi hamda tirishqoqligi sababli o‘z shaxsiy o‘yin dasturini tuzishi mumkin.

Python dasturlash tilida o‘yin dasturlarini yaratish uchun maxsus PyGame kutubxonasidan foydalaniladi.

PyGame – 2 o‘lchamli (2D) o‘yin dasturlarini yaratishga mo‘ljallangan Python modul kutubxonasi. PyGame kutubxonasi ilk bor 2000-yilda taqdim etilgan. Uning yordamida yozilgan dasturlar Android qurilmalari hamda kompyuterlarda muammosiz ishlay oladi. PyGame kutubxonasi yordamida yozilgan bitta dastur kodi orqali turli qurilmalarda ishlovchi o‘yin dasturlarini yaratish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin.

PyGame paketining imkoniyatlaridan foydalanish uchun modullar:

  • pygame.cursors – kursor ko‘rinishlarini yuklash.
  • pygame.display – displey bilan ishlash.
  • pygame.draw – figura, chiziq va nuqtalarni chizish.
  • pygame.event – tashqi hodisalarni boshqarish.
  • pygame.font – tizim shriftlaridan foydalanish.
  • pygame.image – rasmlarni yuklash va saqlash.
  • pygame.joystick – joystik va analog qurilmalar bilan ishlash.
  • pygame.key – klaviatura bilan ishlash.
  • pygame.mouse – sichqoncha bilan ishlash.
  • pygame.sprite – harakatlanuvchi rasmlar bilan sihlash.
  • pygame.music – ovoz va musiqalar bilan ishlash.
  • pygame.time – vaqt va kadr chastotalari bilan ishlash.

O‘yin oynasini yaratib olish o‘yin dasturlarini yaratishda ilk bosqich hisoblanadi. Aynan ushbu oyna o‘yin uchun maydon vazifasini bajaradi. PyGame displey oynasi va ekranni boshqaruvchi tayyor “pygame.display” moduliga ega bo‘lib, uning funksiyalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

  • pygame.display.init – displey modulini ishga tushirish.
  • pygame.display.quit – displey modulini ishga tushirish.
  • pygame.display.flip – displey yuzasini butunlay yangilash.
  • pygame.display.set_mode – o‘yin oynasini ishga tushirish.
  • pygame.display.get_surface q– joriy o‘rnatilgan o‘yin oynasi havolasini qabul qilish.
  • pygame.display.toggle_fullscreen – o‘yin oynasi rejimlarini almashtirish (to‘liq va noto‘liq ekran).
  • pygame.display.set_caption – o‘yin oynasi sarlavhasi qiymatini berish.
  • pygame.display.get_caption q– o‘yin oynasi joriy sarlavhasi qiymatini qaytarish.