Pyotr Kim
Pyotr Geronovich Kim | |
---|---|
Tavalludi |
4-aprel 1933-yil |
Vafoti |
1-aprel 2001-yil (67 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Kasbi | tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor |
Yoʻnalish | tarix |
Mukofotlari |
Pyotr Geronovich Kim (1933-yil 4-aprel – 2001-yil 1-aprel) – sovet va oʻzbek tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kim Pyotr 1952–1957-yillarda Moskva tarix va arxiv institutini tamomlagan. U Partiya tarixi institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri, ilmiy kotib, Siyosiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari vazifalarida ishlab kelgan.
Oʻzbekiston tarixi arxiv ishi, manbashunoslik, tarixshunoslikka oid 100 dan ortiq asarlar muallifi. „Sharq haqiqati“, „Xalq soʻzi“, „Toshkent oqshomi“, „Kore Ilbo“ (Olma-Ota), „Dona Ilbo“ (Koreya Respublikasi) gazetalarida chop etilgan.
P. G. Kim 1991–2000-yillarda Oʻzbekiston Koreya madaniyat markazlari uyushmasi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi madaniyat va savdo sohalaridagi munosabatlarni rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan.
P. G. Kim „Oʻzbekiston Respublikasi koreyslari“ koʻrgazmasi va „Oʻzbekiston xalqlarining qardosh oilasida“ hujjatli film ijodkori.
Tarixchi olim 1993-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi koreyslari“ kitobi muallifi.
Tarix fanlari doktori Pyotr Kim 2001-yil 1-aprelda vafot etgan, Toshkentga dafn etilgan[1].
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yilda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan yutuqlari va xizmatlari uchun "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan.
Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- MDH koreyslari portalidagi tarjimai holi
- Tarix nashrlari[sayt ishlamaydi]
- Koreya diasporasi
- Koryo Saramning tarixshunosligi
- Toshkent xotirasi – Petr Geronovich Kim
- Oʻzbekiston Kompartiyasi tarixi manbashunosligiga oid ocherklar
- ↑ „Место захоронения“. 2018-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.