Pyotr Lerner
Pyotr Mixaylovich Lerner | |
---|---|
Tavalludi |
23-fevral 1922-yil |
Fuqaroligi | |
Kasbi | tibbiyot olimi, epidemiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1945—1994 |
Yoʻnalish | tibbiyot |
Mukofotlari | SSSR Xalq sogʻliqni saqlash a’lochisi (1958), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1966), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980) |
Pyotr Mixaylovich Lerner — oʻzbek-sovet tibbiyot olimi, epidemiolog, tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1972), yozuvchi. SSSR Xalq sogʻliqni saqlash a’lochisi (1958), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1966), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lerner 1922-yil 23-fevralda Ukrainaning Xmelnitskiy viloyati Shepetovka shahrida tugʻilgan. U Samarqand oʻrta maktabini bitirgach, SDTI (Samarqand tavlat tibbiyot institutiga) oʻqishga kiradi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Onasi — Batsheva Gershovna Veysman. Otasi - Meylax Duvidovich Lerner. Rafiqasi — Olga. Qizlari — Natalya va Tatyana. Nevaralari - Vladik (Zeev), Roma va Irina.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Samarqand tuman, shahar va viloyat sanitar-epidemiologiya stansiyalari bosh vrachi.
- Samarqand viloyati bosh epidemiologi;
- Samarqand tibbiyot institutida – assistent, dosent, professor.
- Epidemiologiya kafedrasi mudiri (1978—1994-yillarda)
- Samarqand tibbiyot instituti dekani (1970—1976-yillarda)
- Tibbiyot instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1976—1985-yillarda)
- Tibbiyot instituti dissertasiya boʻyicha Kengash raisi (1976—1985-yillarda).
Tibbiyot boʻyicha amalga oshirgan ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olim gimenolepidozni davolashning yangi usulini oʻylab topgan. Bu usul Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan (Jeneva, 1975-yil).Shuningdek, Lerner tibbiyot olimi sifatida gelmintozlarni tashxislashning samarali usuli. Bir qator yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishning ilmiy tizimi ishlab chiqdi va keng amaliyotga tatbiq etildi. Natijada fan doktori ularning bir necha marta qisqarishiga erishildi. U birinchi boʻlib inson tanasida lyambilioz va mitti tasmasimonlarning umr koʻrish davomiyligini aniqladi. P.M.Lerner respublikada vabo, chechak, tif, poliomiyelit, difteriya va boshqa yuqumli kasalliklarning koʻplab oʻchoqlarini bartaraf etishda bevosita ishtirok etdi. U nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun Oʻrta Osiyoda tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining tibbiyot fakultetida birinchi va yagona epidemiologiya kafedrasiga asos soldi. 11 ta xalqaro kongressda ishtirok etib, bir qator monografiyalar va ilmiy maqolalar chop ettirdi. Tibbiyot olimi yosh shogirdlarni yetishib chiqishda jonbozlik koʻrsatdi va bunga erishdi.
Ilmiy ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]196 ta ilmiy maqola va 16 ta monografiya muallifi:
• Issiq iqlim sharoitida turar joyni loyihalashning gigiyenik masalalari (1961-yilda).
• Samarqand viloyatida elimentar toksikozning oldini olish va zaharli oʻtlarga qarshi kurash choralari masalalari. Tibbiyot, (1967-yilda).
• Noodatiy kompozisiya. Ilmiy-ommabop film uchun ssenariy (1970-yilda), film 1972-yilda chiqarilgan.
• Epidemiologiya boʻyicha dasturlashtirilgan qoʻllanma (1978-yilda)
• Ichak infeksiyalari boʻyicha qoʻllanma. Tibbiyot (1980-yilda)
• Samarqand davlat tibbiyot institutida 50 yil davomida fan rivojiga oid ocherklar (1980-yilda).
• Samarqand davlat tibbiyot instituti (1980-yilda)
• Oʻzbekistonda uchraydigan eng muhim odam gelmintozlari (1989-yilda).
• 50 yil davomida Samarqand viloyatining geografik patologiyasi va aholi salomatligi muammolari (1980-yilda).
• Kasalliklarni yuqtirish uchun suv yoʻlining potensial epidemiologik xavflilik darajasini aniqlashning kompleks usuli (1988-yilda).
• Epidemiologiyadan ma’ruzalar (1990-yilda).
• Respublika oliy oʻquv yurtlari uchun epidemiologiya boʻyicha oʻzbek tili darsligi (1992-yilda).
2010—2018-yillardagi nashrlar:
• Qofiyali fikrlar
• Lev Vasilevich Gromashevskiy
• Mark Aleksandrovich Popovskiy
• Dmitriy Mironovich Stonov
• Shabsay Davidovich Moshkovskiy
• Pavel Efimovich Zabludovskiy
• Zaxariy Grigorevich Frenkel
• Epidemiologning eslatmalari
• P.M.Lerner tavalludining 90 yilligiga bagʻishlanadi
• Ayzik Abramovich Vayman
• Qiziq va unchalik qiziq boʻlmagan hikoyalar
• Shlyaxov El Naumovich
• Musaboyev Isak Qurbonovich
• Qodirov Vladimir Nikolayevich
• Los Mark Vladimirovich
• Kovaleva Elena Petrovna
• Jukov - Verejnikov Nikolay Nikolayevich
• Zairov Qayum Sobirovich
• Dixtyar Solomon Romanovich
• Rudnev Vladimir Ivanovich
• Onishchenko Gennadiy Grigorevich
• Maxmudova Naima Maxmudovna
• Lemelev Vladimir Romanovich
• Abramovich Stenli
• Konturlar
• Noutbuklar
• BMTning Ebola kasalligi bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha pozisiyasi yoki ochiq sinizm. 2014-yil
• OIV - OITS - mashhur va egasi boʻlmagan infeksiya. 2015-yil
• Obama, Ebola, Zika va dunyodagi haqiqiy epidemiologik vaziyat. 2016-yil
• Ebola kasalligi haqida yangi topilmalar. 2016-yil
• Eyfel minorasiga qush grippining „ta’siri“ haqida. 2016-yil
• JSST Bosh direktori, doktor Margaret Changaga OCHIQ XAT
• Amir Attaran, Ottava universiteti tibbiyot va huquq professori. 2016-yil
• JSSTning haqiqiy yuzi. 2017-yil
• OIV infeksiyasini bartaraf etish masalasi boʻyicha. 2017-yil
• Ehtiyot boʻling-QOʻPOL VA AYYOR „KASALLIK“ 2019-yil
• JUDA MUHIM.KORONA VIRUSLI KASALLIK. Haqiqat va mish-mishlar 2020-yil
Unvon va Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]• Ulug ʻVatan urushidagi mardonavor mehnati uchun (1946-yilda)
• Mehnat faxriysi unvoni (1971-yilda)
• Ulugʻ Vatan urushi gʻalabaning oʻttiz yilligi (1975-yilda)
• Samarqand viloyati Payariq tumani faxriy fuqarosi (1980-yilda)
• Mehnat faxriysi unvoni (1985-yilda)
• Ulugʻ Vatan urushi gʻalabaning qirq yilligi (1985-yilda)
• SSSR Vazirlar Kengashining yubiley medali — biologiya va tibbiyot fanini rivojlantirishga, shuningdek, gelmintozlarga qarshi kurash nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun (1978-yilda)
Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Лернер, Пётр Михайлович Dic.academic.ru
ЛЕРНЕР Петр Михайлович Centrasia.org
Большая Советская Энциклопедия Лернер Петр Михайлович World.lib.ru
Петр Лернер Fabulae.ru