Qadamjoy surma koni
Qadamjoy surma koni — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi kon. Farg'ona shdan 35 km janda. 1914-yilda ochilgan. Dolomit va ohaktoshlardan tashkil topgan Qatranboshi togʻining Oqtosh antiklinali gʻarbida joylashgan. Antiklinal subkenglik boʻylab tik yotuvchi uzilishlardan hosil boʻlgan. Sanoatbop surmaning rudalanishi metasomatik kvarsli brekchiyalar — jasperoidlarda mujassamlangan. Surmaning eng koʻp zaxiralari tomirli tanalarda tik yotuvchi uzilmalar boʻylab toʻplangan. Kon rudali strukturasining uzunligi 7—8 km, qatlamsimon tanalarning yoʻnalish boʻyicha uz. 300600 m, yotish boʻyicha 300—1500 m, qalinligi 0,7—40 m. Tomirsimon tanalarning uzunligi 400—800 m; yotish boʻyicha 350—600 m gacha, qalinligi 18 m. Asosiy rudali mineral — antimonit kvarsflyuoritli, kvarskaltsitli rudali tanalarni tashkil qiladi, quyi gorizontlarda barit uchraydi. Pirit, sheyelit, kinovar va boshqalar juda kam uchraydi. Kvarsantimonitli, kamdankam kvarsflyuoritli rudalarning tarkibidagi surma 0,1% dan oʻnlab % gacha va oltinning doimiy boʻlmagan aralashmalari 0,5—1,5 g/t. Umumiy zaxiralari va bashoratli zaxiralar 167,6 ming t. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |