Qadimgi Hindiston va Shri Lanka aloqalari
Hindistonning Shri Lanka[1] bilan aloqalari bu orolda birinchi hinduoriy ko'chishlari boshlanishi bilan bogʻliq. Ma'muriylar davrida bu orolga birinchi hinduoriylar kelishi bilan madaniy aloqalar ham rivojlangan. Ular hind madaniyati, singal adabiyoti va san'atiga katta ta'sir ko'rsatdilar. Bu ikki mamlakat orasidagi aloqalarning qanchalik tutash ekanligini ulaming geografik va etnik jihatdan yaqin ekanliklaridan ham bilish mumkin. Ularning har ikkisi deyarli bir xil tarixiy jarayonlarni boshdan kechirgan. Taxminlarga ko'ra, paleolit davridayoq bu orolga hindlar kela boshlaganlar. Arxeolog olimlar bu ikki mamlakatning neolit davrini o'rganib, madaniyatlardagi turli jihatlarning bir-biriga o'xshash ekanligini aniqlaganlar. Singalez tili garchand dravidlar ta'siriga uchragan bo`lsa-da, oriylar tili hisoblanadi va hind tarixchilaridan Sinxa va Banerjilar uning veda bilan mustahkam bog'langan sanskrit tilidan kelib chiqqanligini ta'kidlaydilar. Olimlar to'plangan materiallarni qiyoslash asosida mil. avv. bir minginchi yillarda Shri-Lankada tili hinduoriylar tiliga o'xshagan qabilalar paydo bo'lganligini aniqlaganlar.
Miloddan avv. 2-ming yillik boshlarida Shri Lanka, Hindiston davlatlaridan biri cholalar bosqinini o'z boshidan kechiradi. Lanka hukmdori Gajabaxu (113-135) cholalarga qarshi kurashadi. Natijada Hindistonning janubiy hududlarida singal hukmdorligi paydo boʻladi. Bu hol orolda mahalliy va hind madaniyati taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatadi.
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ 1,0 1,1 „Shri Lanka“.
- ↑ „Hindiston tarixi“.
- ↑ „Hindiston“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ „Shri Lanka“.