Kontent qismiga oʻtish

Qadimgi ingliz buldogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jismoniy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qadimgi ingliz buldogi
Tomas Braun, taxminan 1829 -yil

Ingliz buldogi qadimgi- yoʻqolib ketgan it zotidir .[1] Bu zot odatdagi itlardan koʻra kichikroq, keng va muskullari yaxshi rivojlangan boʻlgan boʻlib,"Crib va Rosa" rasmida aks ettirilgan [2]. Jon Skottning oʻymakorlik usuli orqali yaratilgan bu rasm oʻsha davrdagi itlarning eng mashhur va eng koʻp takrorlandigan rasmiga aylangan. 1865-yilda Philo-kuonning meʼzonlarida taʼriflanganidek, oʻrtacha balandligi taxminan 15 dyum (380 mm) va ularning vazni taxminan 45 funt (20 kg) atrofida boʻlgan[3] .

Buqalarni oʻldirish sahnasi

Ingliz qonli sportida buqalarni oʻlja sifatida ovlashda buldoglar yordamidan foydalanilgan. Bu qadimgi ingliz buldogining ixtisoslashgan zotni yaratishga imkon berdi[4][5][6]. Ushbu koʻrgazmalar uchun Londondagi asosiy joylar sifatida Westminster Pit, Beargarden va Old Conduit Fields maydonlaridan foydalanilgan.

Koʻpaytirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qadimgi ingliz buldogi. Parij, 1863-yil

Tarixchilar qadimgi ingliz buldogi oʻtmishdagi mastif yoki yoʻq boʻlib ketgan Alaunt iti kabi qadimgi jangovar itlardan kelib chiganligiga ishonishad[7][8]. Boshqa olimlar esa, zotning asl kelib chiqishi haqida toʻliq aniq emas deb hisoblashishadi. Qadimgi nashrlardagi tasvirlar shuni koʻrsatadiki, bu zot, shubhasiz, nisbatan uzun boshli kichik mastifniki kabi edi. Oxir-oqibat, bu kichik mastiflarni tasvirlashda „Mastiff“ soʻzi olib tashlandi, chunki katta mastif zotlari buqalarni oʻldirish uchun foydalanib boʻlmasligi maʼlum boʻlgan.

Bu zotning yana ikkita mashhur vakillarini 1817-yilgi "Beshik va Roza" rasmida koʻrish mumkin, Roza bosh va boʻyin atrofidagi ajinlar va yuzidagi burishiqlar kam boʻlsa ham, qadimgi ingliz buldogining ideal turining shakli va oʻlchamini tasvirlaydi. Oyoq-qoʻllarda yaqqol namoyonlikni koʻrish mumkin. Koʻpgina yozuvchilar bizga yoʻq boʻlib ketgan buldog haqida turli xil maʼlumotlar va taʼriflar berishadi, ammo Uilyam Hamilton Maksvellning ushbu taʼrifi eng keng tarqalganlaridan biri sifatida ajralib turadi:

Kennel bolasi va buldoglar, 1843 yil
Sof buldog, 1859 yil
Quloqlari tikilgan qadimgi ingliz buldogi, Parij, 1863 yil

Buldog (Canis Molossus). Oʻziga xos shakldagi it hisoblanadi va jasorati bilan ajralib turadi.

Buldog itining boʻyi past, koʻkragi chuqur, yelkalari va sonlari kuchli boʻlib, ikkala mushaklari ham juda yaxshi rivojlangan. Uning boshi keng, burni qisqa va pastki jagʻi yuqoridan tashqariga chiqib turadi, bu unga shafqatsiz va qoʻpol jihatni beradi. Uning koʻzlari boʻrtib chiqgan va koʻzga yaqqol tashlanadigan, oʻziga xos shubhali nigohi bor. Burun teshigining kengayishi ham unga nafratli koʻrinish beradi; va tishlari doimo koʻrinib turishi, u doimo jilmayib turadigan koʻrinishni xosil qiladi. U tabiatan juda xotirjam. Lekin u itlar qabilasining eng shafqatsiz va kuchli turi boʻlib, uni dunyodagi barcha mavjudotlarga qaraganda jasur deb hisoblash mumkin, chunki u qanchalik katta hayvon boʻlishidan qat'i nazar, u har qanday hayvonga hujum qila oladi. Garchi buldog itining miya quvvati boshqa turlarga qaraganda ancha kichik; Shubhasiz, ensefalonning kam boʻlishi biz uning aql bilan bogʻliq har jarayonlarda boshqalarga qaraganda pastligini bilishimiz kerak. Buldog it har qanday oʻqitish mashgʻulotlariga deyarli qodir emas va jangovarlik va shafqatsizlikdan boshqa narsaga mos emas.

Bu hayvon oʻz nomini oʻzining buqaga hujum qilishda foydalanganligida olgan va u hozirgi kunda ham, bu shafqatsiz oʻyin-kulgi sifatida hali ham qoʻllanadi.

Buldog itining har qanday hayvonlarga gʻazablanishidan, oʻzini tutib boʻlmasligidan, yengilmas qaysarligidan xech qaysi hayvon oshib keta olmaydi. Buqaga hujum qilganda, u har doim uning olding tomonga hujum qiladi, dushmanini odatda labiga, tiliga yoki koʻziga mahkam bogʻlanib qoʻyib yubormay ushlab oladi Bu hayvonning ajoyib kuchi va qudratining yaqqol isboti. Qachonki buqa it hayvon tanasining har qanday qismiga hujum qilsa, bu har doim uning qonli holat bilan tugaydi. Kuchukchalar buqaga hujum qilishni olti oylik boʻlganida boshlaydi. Agar ruxsat berilsa, tanlovdan voz kechgandan koʻra, oʻzlarini yoʻq qilishlarini afzal koʻrishadi.

Boʻldiglar tabiatshunoslar tomonidan Britaniyaning oʻziga xos va noyob irqlaridan biri ekanligi e'tirof etilgan va u oʻziga xosligi boʻyicha choʻpon iti va irland tazisi bilan bir qatorda turadi. Angliyaning turli tumanlarida bu zot hali ham oʻzining asilligini, itlar bilan urishtirish va jang qilishdan zavqlanadigan odamlar tomonidan saqlanib qolgan; bu ikkala oʻyin-kulgi, xuddi gʻayrinsoniy boʻlsa ham, lekin u oʻyin kamayib bormoqda.

- Uilyam Hamilton Maksvell. Dala kitobi, 1833-yil (80 va 81-betlar)

Angliyada 1835 -Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlish toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi buqalarni oʻldirish va itlar bilan jang qilishning pasayishiga olib keldi, buning oqibatida esa qadimgi ingliz buldogiga boʻlgan qiziqishning yoʻqolishiga olib keldi. Gamilton gertsogining qadimgi ingliz buldogi, Wasp, Child va Billi zotlari boʻlgan uchta it rasmda tasvirlangan, Ma'kumotlarning takidlashishicha bu rasmda tasvirlangan itlar yoʻq boʻlib ketishidan oldingi zotning soʻnggi ma'lum a'zolari sifatida tarix varoqlaridan joy olgan.

Itlar jangini noqonuniy deb hisoblanishiga qaramay, bu jarayon uzoq yillar davom etdi. Seleksionerlarning ilmiy tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, qadimgi ingliz buldogi va qadimgi ingliz teriyeri oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni borligini aniqladilar va ikkala zotni chatishtirissh orqali tezkorlik va epchilliki yuqori boʻlgan jangovar itni yaratdilar. Buqa va teriyer deb ataladigan bu yangi it zoti Staffordshire buqa teriyeri, buqa teriyeri va amerikalik pitbull teriyerining maxsuli hisoblangan boʻlib qadimgi ingliz buldogining yoʻq boʻlib ketishini tezlashtirdi.

Ingliz buldogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpincha qadimgi ingliz buldogi bilan chalkashib ketiladigan ingliz buldogi oʻzining gʻayritabiy oddiylik tabiati bilan ajralib turadi; unda qadimgi ingliz buldogining aniq xususiyatlari yoʻq edi yani, tezlik va chaqqonlik[9].

  1. Mackenzi Lee. The History of the World in Fifty Dogs. Abrams, 2019. ISBN 9781683357636. 
  2. „Attributed to Abraham Cooper, R.A. (British, 1787–1868), Crib and Rosa“ (en). www.christies.com. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  3. Michael Dickerson. Bulldog, Comprehensive Owner's Guide. i5 Publishing, 2011. ISBN 9781593788445. 
  4. Thomson, Keith Stewart. The fall and rise of the English Bulldog. American Scientist; Research Triangle Park Vol. 84, Ed. 3, (May 1996): 220.
  5. Griffin, Emma. England's Revelry: A History of Popular Sports and Pastimes, 1660-1830. OUP/British Academy, 2005. ISBN 9780197263211. 
  6. Brand, John. Observations on Popular Antiquities: Chiefly Illustrating the Origin of Our Vulgar Customs, Ceremonies, and Supersititions (en). Charles Knight and Company, 1841. 
  7. Bailey C. Hanes. The New Bulldog. Howell Book House, 1991. ISBN 9780876050699. 
  8. Edward Brooke-Hitching. Fox Tossing, Octopus Wrestling and Other Forgotten Sports. Simon and Schuster, 2015. ISBN 9781471149009. 
  9. Denizet-Lewis. „Can the Bulldog Be Saved?“. Nytimes.com (2011-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]