Kontent qismiga oʻtish

Qahramon Rajabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qahramon Rajabov
Tavalludi 26-iyun 1962-yil (1962-06-26) (62 yosh)
Shofirkon tumani,Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Istiqomat joylari Toshkent shahri
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Kasbi Tarixchi olim
Sohasi Tarix
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi FA Tarix instituti
Ilmiy unvoni Tarix fanlari doktori, professor
Akademik rahbarlari Raʼno Rajapova
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari
  • Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari faoliyati
  • Oʻzbekiston SSRda sovet rejimining qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1917—1991-y.)
  • Turkiston qoʻrboshilari
  • Alp Er Toʻnga (Afrosiyob)
  • Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash: tarix haqiqati (1920-1924-yillar)

Qahramon Kenjayevich Rajabov (1962-yil, 26-iyun, Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – taniqli oʻzbekistonlik tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (2005), professor (2015). Hozirda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qahramon Rajabov 1962-yil 26-iyunda (rasmiy hujjatlarda 11-iyulda) Buxoro viloyati Shofirkon tumanining Qalmoqon qishloq sovetidagi Savrak qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan[2]. Otasi Kenja Rajabov (1941—2015) ishchi, onasi Gavhar Rajabova (1943-yilda tugʻilgan) kolxozchi boʻlgan. Bolaligi Bogʻiafzal qishlogʻida oʻtgan. 1969—1979-yillarda dastlab Shofirkon tumani Savrak qishlogʻidagi Sverdlov nomli 12-oʻrta maktabda, soʻngra Bogʻiafzal qishlogʻidagi Oybek nomli 16-oʻrta maktabda tahsil olgan[3].

1979-yil sentyabrda oʻzining ilk mehnat faoliyatini ishchi lavozimida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida faoliyat koʻrsatgan „Oʻzbekburgaz“ tashkilotida boshlaydi. 1980-yil noyabr oyida Moskva harbiy okrugida Sovet armiyasi safida harbiy xizmatni oʻtash uchun joʻnab ketadi. 1982-yil noyabrda ona qishlogʻiga qaytgan Qahramon Rajabov 1983-yil noyabr oyiga qadar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi „Fargʻona“ sovxozida yurist – maslahatchi lavozimida ishlaydi[3].

Toshkent Davlat universitetining tayyorlov kursida tinglovchi boʻlgan boʻlajak olim 1984—1989-yillardaToshkent Davlat universiteti tarix fakulteti KPSS tarixi boʻlimida tahsil oladi va universitetni imtiyozli diplom bilan tugatadi. 1987—1989-yillarda „Gʻoya“ siyosiy teleklubiga prezidentlik va „Turon“ tarixchilar jamoasiga sardorlik qiladi. 1989-yil sentabrdanToshkent Davlat universiteti fakultetlararo „Gumanitar fanlar falsafasi“ kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Qahramon Rajabov 1989-yil dekabrdan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Tarix institutida aspiranturaga qabul qilinadi. Aspiranturani yakunlagan Qahramon Rajabov 1993-yil 4-yanvardan Tarix institutida kichik ilmiy xodim sifatida ish boshlaydi. 1995-yilning 9-martida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti huzuridagi Ixtisoslashgan Kengashda „Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari (1918—1924-yillar)“ mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Qahramon Rajabov 1995-yil 15-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida ilmiy xodim, 1996-yil 3-yanvardan katta ilmiy xodim sifatida samarali ijod qildi. 2000-yil 1-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida yetakchi ilmiy xodimi lavozimida faoliyat koʻrsata boshladi. 2000-yil 21-avgust kuni „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi[3].

Qahramon Rajabov 2005-yil 9-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi Birlashgan Ixtisoslashgan Kengashda „Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1918—1924-yillar)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan[3].

Qahramon Rajabovning uzoq davrlik ilmiy tadqiqotlari, Oʻzbekistonning sovet davri tarixini turli jihatlarini ochib beruvchi kitoblarni izma-iz chop etib borishi Oʻzbekiston FA Tarix instituti rahbariyati tomonidan munosib baholandi va 2022-yil 5-yanvardan u „Eng yangi tarix“ boʻlimi (aslida „Yangi tarix“ boʻlimi)ning bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyatini davom ettirishni boshladi[3].

Qahramon Rajabov ilmiy izlanishlarida Buxoro tarixi mavzusi markaziy oʻrinlardan birini egallaydi. Olim „Buxoro mavjlari“ jurnalida somoniy hukmdorlar va mangʻit amirlari hayotiga bagʻishlangan seriyali maqolalar turkumini, muallifdoshlik asosida „Qiziltepa tarixi“ nomli yirik kitobni nashr qildirdi hamda „Shofirkon yulduzlari“ kitobini bir necha marta chop ettirdi[3].

2015-yil olimning bevosita tashabbusi bilan Buxoro viloyati tumanlari va Buxoro shahrining tarixi (jami 15 ta kitob) yaratildi. Bu kitoblarda Buxoro viloyati tumanlari va shaharlarining qisqacha tarixi, geografiyasi, iqtisodi va madaniyati, mashhur kishilari haqida qisqa maʼlumotlar taqdim etilgan boʻlib, Buxoro vohasining mustaqillik yillaridagi tarixi va bugungi kunini koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratildi. Qahramon Rajabov 2015-yilda „Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari“ sarlavhasi ostida nomzodlik dissertatsiyasini asl holicha oʻzgartirmay monografiya holatida chop ettirdi[4]. 2019-yil fevral-mart oylarida Toshkentdagi „Oʻzbekiston“ nashriyotida ikkita kitobdan iborat „Oʻzbekiston tarixi (1917—1991-y.)“ fundamental tadqiqoti Qahramon Rajabov masʼul muharrirligida chop etildi. Ushbu kitob ikkita boʻlim, 18 ta bob va 75 ta paragrafdan iborat boʻlib, birinchi boʻlimda Oʻzbekistonning 1917—1924-yillardagi tarixi; ikkinchi boʻlimda Oʻzbekiston SSRning SSSR tarkibida boʻlgan davri 1925-1991-yillar tarixi yoritildi. 2020-yilda Qahramon Rajabov masʼul muharrirligida „Oʻzbekiston SSR rahbariyatining ijtimoiy va siyosiy faoliyati (1945—1983-yillar)“ nomli kollektiv monografiya nashr etildi[5]. Monografiyada oʻrin olgan paragraflarning asosiy qismi Qahramon Rajabov tomonidan yozilgan boʻlib, 1925—1991-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari hamda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi sifatida faoliyat koʻrsatgan davlat va siyosat arboblarining Oʻzbekiston ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan oʻrni ilk marta oʻrganildi. Olimning hozirgacha 127 ta kitobi chop etilgan boʻlib, monografiya (22), tarixiy risola (10), kollektiv monografiya (26), solnoma va maʼlumotnomalar (37), darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar (26), hujjatli materialllar toʻplamlari hamda boshqa kitoblar (8) tashkil qiladi[3][6][7].

Kitoblar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monografiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Қаҳрамон Ражабов. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш: тарих ҳақиқати (1920-1924 йиллар). –Тошкент: “Маънавият”, 2002. – 144 бет.
  2. Қаҳрамон Ражабов, Раҳим Мақсудов. Қизилтепа тарихи. –Тошкент: “Muharrir, 2011. -352+32 бет.
  3. А. Муҳаммаджонов, Қ. Ражабов. Амир Темур. –Тошкент: “O’zbekiston”, 2013. -160 бет.
  4. Қаҳрамон Ражабов. Алп Эр Тўнга (Афросиёб). –Тошкент: “O’zbekiston”, 2014. -224 бет.
  5. Қаҳрамон Ражабов. Фарғона водийсидаги истиқлолчилик ҳаракати: моҳияти ва асосий ривожланиш босқичлари (1918 – 1924 йиллар). – Тошкент: “Yangi nashr”, 2015. – 240 бет.
  6. А.Muhammadjonov, Q.Rajabov. Amir Temur. Ikkinchi nashri. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2015. -160 bet.
  7. Раҳим Мақсудов, Қаҳрамон Ражабов. Қизилтепа тарихи (Қайта ишланган, тўлдирилган ва ихчамлаштирилган 2-нашри). –Тошкент: “Tamaddun”, 2015. – 280 бет.
  8. Қаҳрамон Ражабов, Сулаймон Иноятов. Бухоро тарихи. – Тошкент: “Tafakkur”, 2016. – 460 +VIII бет.
  9. Қаҳрамон Ражабов, Холмат Бекмуратов. Ўзбекистон билан Туркия ўртасидаги иқтисодий ва маданий ҳамкорлик тарихидан. – Тошкент: “Taфаккур”, 2017. – 168 бет.
  10. Kaxramon Radjabov. Voorujennoe dvijenie v Turkestane protiv sovetskogo rejima (1918 – 1924). – Beau Bassin [Mauritius]: LAP LAMBERT Academis Publishing PU, 2018. – 224 str. https://www.lap-publishing.com/
  11. Қаҳрамон Ражабов. Назир Ражабов. –Тошкент: “Bodomzor invest”, 2021. -288+VIII бет.
  12. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон Мухторияти вазирлари ҳамда Миллий Мажлис аъзолари ҳаёти ва тақдири. –Тошкент: “Bodomzor invest”, 2021. -92 бет.
  13. Раҳим Мақсудов, Қаҳрамон Ражабов. Қизилтепа тумани: кеча ва бугун. – Тошкент: “Sahhof”, 2021. - 408 бет.
  14. Қаҳрамон Ражабов, Мурод Рахматов. Туркистонда совет ҳокимиятининг иқтисодий сиёсати ва очарчилик даҳшатлари (1917-1924 й.). – Тошкент: “Фан”, 2022. - 176 бет.
  15. Қаҳрамон Ражабов. Иброҳимбек қўрбоши ва сафдошлари фаолияти. - Тошкент: “Фан”, 2022. - 400 бет.
  16. Қаҳрамон Ражабов. Ўзбекистон ССРда совет режимининг қатағон сиёсати ва унинг оқибатлари (1917-1991 й.). - Тошкент: “Фан”, 2022. - 400 бет.
  17. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон қўрбошилари. - Тошкент: “Фан”, 2022. - 288 бет.
  18. Қаҳрамон Ражабов. Ўзбекистон ССРда совет бошқарувининг инқирози. Мустақиллик Декларацияси ҳамда озодликнинг машаққатли йўли (1982-1992 й.). - Тошкент: “Фан”, 2022. - 264 бет.
  19. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон тарихида ўтган 55 буюк сиймо. Биринчи китоб. Давлат арбоблари. - Тошкент: “Фан”, 2022. -320 бет.
  20. Қаҳрамон Ражабов. Иброҳимбек қўрбоши. - Тошкент: “Фан”, 2022. -144 бет.
  21. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон минтақасида совет режимига қарши истиқлилолчилик ҳаракати ва моҳияти (1918-1935 й.). - Тошкент: “Фан”, 2022. -432 бет.
  22. Қаҳрамон Ражабов, Ҳусан Абуев. Ўзбекистон ССРда совет давлатини емирилиши ҳамда қайта қуриш сиёсатининг таназзули (1985-1991 й.).- Тошкент: “Фан”, 2022. -176 бет.

Tarixiy risolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Қ. К. Ражабов. Мустақил Туркистон фикри учун мужодалалар (1917-1935 йиллар). –Тошкент: “Ўзбекистон”, 2000. – 32 бет.
  2. Қаҳрамон Ражабов. Раззоқ бобо ерлари. –Тошкент: “Zarqalam”, 2006. – 20 бет.
  3. Қаҳрамон Ражабов. Файзулла Хўжаев. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -48 бет.
  4. Қаҳрамон Ражабов. Мадаминбек. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. – 40 бет.
  5. Қаҳрамон Ражабов. Шермуҳаммадбек. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -56 бет.
  6. Қаҳрамон Ражабов. Насруллоҳхон. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -48 бет.
  7. Қаҳрамон Ражабов, Шодмон Ҳайитов. Усмон Хўжа. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -36 бет.
  8. Қаҳрамон Ражабов, Дилшод Ражабов. Ҳамро Полвон. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -44 бет.
  9. Қаҳрамон Ражабов, Эргаш Очилов. Убайдуллахон. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -32 бет.
  10. Қаҳрамон Ражабов. Нуриддин Муҳитдинов. –Тошкент: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. – 40 bet.

Kollektiv monografiyalari hamda kitob-albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Туркестан в начале ХХ века: к истории истоков национальной независимости. Научный редактор Р. Я. Раджапова. –Ташкент: “Шарк”, 2000. –672 стр.
  2. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир: М. Жўраев. –Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 688 бет.
  3. Мустабид тузумнинг Ўзбекистон миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар). Лойиҳа раҳбари ва масъул муҳаррир: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 416 бет.
  4. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари: чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида Ўзбекистон миллий бойликларининг ўзлаштириши. Лойиҳа раҳбари ва масъул муҳаррир: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2001. – 464 бет.
  5. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. Масъул муҳаррирлар: Д.А. Алимова, Э.В. Ртвеладзе. – Тошкент: Шарқ, 2001. – 224 бет.
  6. Очерки истории государственности Узбекистана. Ответственные редакторы: Д.А. Алимова, Э.В. Ртвеладзе. – Ташкент: Шарк, 2001. –208 стр.
  7. Шаҳрисабз минг йиллар мероси. Альбом. Масъул муҳаррир Ҳ. Кароматов. –Тошкент: “Шарқ”, 2002.
  8. Шахрисабз наследие тысячелетий. Альбом. Ответственный редактор Х. Караматов. –Ташкент: “Шарк”, 2002.
  9. Qarshi, Карши, Qarchi 2700. Китоб-альбом (ўзбек, рус, инглиз т.). Масъул муҳаррир Э. В. Ртвеладзе. –Тошкент: “Маънавият”, 2006. – 368 бет.
  10. Қарши. Масъул муҳаррир Э. В. Ртвеладзе. –Тошкент: “Маънавият”, 2006. – 160 бет.
  11. Карши. Ответственный редактор Э. В. Ртвеладзе. –Ташкент: “Маънавият”, 2006. – 160 стр.
  12. Qarchi. Editor responsible: E. V. Rtveladze. Ingliz tiliga Gʻ. Sotimov tarjimasi. -Tashkent: „Maʼnaviyat“, 2006. — 160 p.
  13. Qarchi. Le Direc’teur de la publication: E. V. Rtveladze. Француз тилига Б. Эрматов таржимаси. –Тashkent: Ma’naviyat, 2006. – 160 S.
  14. Karshi. Verantwortlicher Redakteur: E. V. Rtveladze. Немис тилига Ш. Каримов таржимаси. –Тashkent: “Ma’naviyat ”, 2006. – 160 S.
  15. Самарқанд. Самарканд. Samarkand. Китоб-альбом (ўзбек, рус, инглиз т.). Масъул муҳаррирлар: Т. Ширинов, Ш. Пидаев, М. Қаршибоев. –Тошкент: “Ўзбекистон”, 2007. – 272 б.
  16. Marg’ilon – 2000. Китоб-альбом (ўзбек, рус, инглиз т.). Илмий муҳаррирлар: Т. Мирзаев, Ш. Пидаев. –Тоshkent: “Шарқ”, 2007. – 224 б.
  17. Навоий – саҳро бағридаги мўъжиза шаҳар. Навои – чудо город в пустыне. Navoi – miracle-irty in the desert. Китоб-альбом (ўзбек, рус, инглиз т.). Масъул муҳаррир Т. Мирзаев. –Тошкент: “Ўзбекистон”, 2008. – 240 бет.
  18. С.Холбоев, У.Долимов, Б.Дўстқораев, Қ.Ражабов, Н.Полвонов, У.Розиқулов, О.Тангиров, Б.Эгамов. Туркистон # жадидчилиги – миллий уйғониш даври тарихи (XIX аср охири – XX асрнинг бошлари).– Наманган: “Наманган” нашриёти, 2012. – 324 бет.
  19. Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, Қ. Ражабов. – Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2014. - 952 бет.
  20. Ўзбекистон тарихи (1917 – 1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб. 1917 – 1939 йиллар. Масъул муҳаррирлар: Р.Абдуллаев, М.Рахимов, Қ.Ражабов. –Тошкент: “O’zbekiston”, 2019. – 560 бет.
  21. Ўзбекистон тарихи (1917 – 1991 йиллар). Иккита китоб. Иккинчи китоб. 1939 – 1991 йиллар. Масъул муҳаррирлар: Р.Абдуллаев, М.Рахимов, Қ.Ражабов. –Тошкент: “O’zbekiston”, 2019. – 576 бет.
  22. Qalqon qo`shig`i. Тўпловчи ва нашрга тайёрловчи: Фурқат Эргашев. – Тошкент: “Наврўз”, 2019. -212 бет.
  23. Ўзбекистон халқининг фашизм устидан қозонилган ғалабага қўшган ҳиссаси (Китоб-альбом). Нашр учун масъул: Х.Султонов. – Тошкент: “O’zbekiston”, 2020. -320 бет.
  24. Вклад народа Узбекистана в победу над фашизмом (Книга-альбом). Ответственный за издании Х.Султанов. –Ташкент: Узбекистан, 2020.
  25. Ўзбекистон ССР раҳбариятининг ижтимоий ва сиёсий фаолияти (1945-1983 й.). Масъул муҳаррир ва лойиҳа раҳбари: Қ.Ражабов. – Тошкент: “Фан”, 2020. – 248 бет.
  26. Ҳалоллик ва талабчанлик тимсоли (Тарихчи олима Раъно Ёдгоровна Ражапова таваллудининг 85 йиллигига бағишланади). Тўпловчи ва нашрга тайёрловчи ҳамда масъул муҳаррир: Қ.Ражабов. – Тошкент: “Bodomzor invest”, 2021. – 360 бет.

Solnoma va maʼlumotnomalar hamda bibliografiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи. Библиография (1991-2001 й.). Тузувчилар: Г. Аъзамова, Д. Зиёева, Р. Мукминова, Қ. Ражабов ва б. Масъул муҳаррирлар: Д. А. Алимова, Э. В. Ртвеладзе. –Тошкент, 2001. – 40 бет.
  2. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи. Аннотоцияли библиография (1991-2001 й.). Тузувчилар: Г. Аъзамова, Д. Зиёева, Р. Мукминова, Қ. Ражабов ва б. Масъул муҳаррирлар: Д. А. Алимова, Э. В. Ртвеладзе. –Тошкент, 2001. – 132 бет.
  3. Ўзбекистон тарихининг энг асосий саналари (Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). Тузувчилар: Қ.Ражабов, Ф Ҳасанов., И.Шоймардонов, И.Мелиқулова, Г Хўжаева., Ҳ.Алимуҳамедова, И.Каримов. Масъул муҳаррир: И. Саидов. –Тошкент: “Шарқ”, 2006. – 128 бет.
  4. O’zbekiston tarixi solnomasi. Tuzuvchi mualliflar: Q.Rajabov, F.Hasanov. Mas’ul muharrir: A.S. Sagdullayev. –Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. – 232 bet.
  5. Қ.Ражабов, Ф.Ҳасанов, И.Шоймардонов, Б.Тожибоев. Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари (Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). Масъул муҳаррир: И.Саидов. Тўлдирилган ва тузатилган 3-нашри. –Тошкент: “Ўзбекистон”, 2010. –136 бет.
  6. Қ. Ражабов, Б.Қандов, И. Шоймардонов, О. Норматов. Жаҳон тарихининг муҳим саналари (Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). Масъул муҳаррирлар: Р.Фармонов, Ч.Кўчаров. –Тошкент: “O’zbekiston”. 2011. -616 бет.
  7. Ўзбекистон Республикасининг мустақиллик солномаси. Тузувчилар: Қаҳрамон Ражабов, Фахриддин Ҳасанов, Баҳодир Қандов. –Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2011. -128 бет.
  8. O’zbekiston tarixi solnomasi. Tuzuvchi mualliflar: Q.Rajabov, F.Hasanov. Mas’ul muharrir: A.S. Sagdullayev. 2-nashri. –Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2011. – 232 bet.
  9. Қ.Ражабов, Б.Қандов, И.Шоймардонов. Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари (Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). Масъул муҳаррир: Р.Абдуллаев. Тўлдирилган ва қайта ишланган 5-нашр. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2012. – 448 бет.
  10. Қ.Ражабов, Б.Қандов, С.Ражабова. Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари (Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). Масъул муҳаррир: Р.Абдуллаев. Тўлдирилган ва қайта ишланган 6-нашр. – Тошкент: “O’zbekiston”, 2015. – 480 бет.
  11. Қаҳрамон Ражабов, Баҳодир Қандов. Жаҳон тарихидаги сулола ва давлатлар: қисқача сиёсий тарихи ва муҳим саналари (Энг қадимги даврлардан 1795 йилгача). (Учта китоб). 1-китоб. Масъул муҳаррир: Р.Абдуллаев. Тўлдирилган ва қайта ишланган 2-нашр. – Тошкент: “O’zbekiston”, 2015. – 288 бет.
  12. Қаҳрамон Ражабов, Баҳодир Қандов. Жаҳон тарихидаги сулола ва давлатлар: қисқача сиёсий тарихи ва муҳим саналари (1795-1960 йиллар). (Учта китоб). 2-китоб. Масъул муҳаррир: Р.Абдуллаев. Тўлдирилган ва қайта ишланган 2-нашр. – Тошкент: “O’zbekiston”, 2015. – 288 бет.
  13. Қаҳрамон Ражабов, Баҳодир Қандов. Жаҳон тарихидаги сулола ва давлатлар: қисқача сиёсий тарихи ва муҳим саналари (1961-2015 йиллар). (Учта китоб). 3-китоб. Масъул муҳаррир: Р.Абдуллаев. Тўлдирилган ва қайта ишланган 2-нашр. – Тошкент: “O’zbekiston”, 2015. – 304 бет.
  14. Қаҳрамон Ражабов, Баҳодир Қандов. Жаҳон мамлакатлари ва халқаро ташкилотлар. Жадваллар. – Тошкент: “Yangi nashr”, 2015. – 72 бет.
  15. Қаҳрамон Ражабов, Баҳодир Қандов. Жаҳон мамлакатлари ва халқаро ташкилотлар. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Yangi nashr”, 2015. – 232 бет.
  16. Қаҳрамон Ражабов. Бухоро вилояти тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 156 + VIII бет.
  17. Қаҳрамон Ражабов, Шодмон Ҳайитов, Фурқат Содиқов. Бухоро тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 52 + IV бет.
  18. Қаҳрамон Ражабов, Камол Раҳмонов. Вобкент тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 76 + IV бет.
  19. Қаҳрамон Ражабов, Фаарух Темиров. Жондор тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 52 + IV бет.
  20. Қаҳрамон Ражабов, Дилноза Жамолова. Когон шаҳри тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 48 + IV бет.
  21. Қаҳрамон Ражабов, Дилноза Жамолова. Когон тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 48 + IV бет.
  22. Қаҳрамон Ражабов, Йўлдош Ҳайдаров. Олот тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 48 + IV бет.
  23. Қаҳрамон Ражабов, Баҳодир Қандов. Пешкў тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 48 + IV бет.
  24. Қаҳрамон Ражабов, Лола Муҳамаджонова. Ромитан тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 64 + IV бет.
  25. Қаҳрамон Ражабов, Карим Бобомуродов. Шофиркон тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 128 + IV бет.
  26. Қаҳрамон Ражабов, Бешим Мирзақулов. Қоракўл тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 68 + IV бет.
  27. Қаҳрамон Ражабов, Баҳром Солиев. Қоровулбозор тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 48 + IV бет.
  28. Қаҳрамон Ражабов, Умар Рашидов У, Ойбек Рашидов. Ғиждувон тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 80 + IV бет.
  29. Қаҳрамон Ражабов, Раҳим Мақсудов. Қизилтепа тумани тарихи. Қисқача маълумотнома. – Тошкент: “Tafakkur”, 2015. – 80 + IV бет.
  30. Ҳ.Н.Бобобеков, Қ.Ражабов, С.Холбоев, И.Шоймардонов, Ш.Каримов, М.Содиқов. Ўзбекистон тарихи (Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). Қисқача маълумотнома. Қайта ишланган ва тўлдирилган учинчи нашри. –Тошкент: “Фан”, 2016. – 480 бет.
  31. R.Maqsudov, Q. Rajabov. Qiziltepa tarixi (Eng qadimgi davrlardan hozirgacha eng muhim ma’lumotlar). 4-nashr. –Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016. -96 bet.
  32. Сулаймон Иноятович Иноятов (Биобиблиография). Нашрга тайёрловчи ва тузувчи ҳамда масъул муҳаррир: Қ.Ражабов. –Бухоро: “Дурдона”, 2018. – 80 бет.
  33. Ҳ.Бобобеков, Ҳ.Ҳамидов, Қ.Ражабов, С.Холбоев, И.Шоймардонов Ўзбекистон тарихи (энг қадимги даврлардан бугунги кунгача). Қисқача маълумотнома. Қайта ишланган ва тўлдирилган учинчи нашри. –Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2018. – 408 бет.
  34. Q.Rajabov, F.Amonova, B.Qandov. O’zbekiston tarixi (Ma’lumotnoma). –Toshkent: “Nisopoligraf”, 2018. -208 bet.
  35. Q.Rajabov, F.Amonova, B.Qandov. Jahon tarixi (Ma’lumotnoma). –Toshkent: “Nisopoligraf”, 2018. -272 bet.
  36. Q.Rajabov, F.Amonova, B.Qandov. O’zbekistont arixi (Ma’lumotnoma). Qayta nashri. –Toshkent: “Nisopoligraf”, 2020. -208 bet.
  37. Q.Rajabov, F.Amonova, B.Qandov. Jahon tarixi (Ma’lumotnoma). Qayta nashri. –Toshkent: “Nisopoligraf”, 2020. -272 bet.

Darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Д.А. Алимова, Р.Ҳ. Каримов, К.О. Оқилов, Қ.К. Ражабов, И.А. Алимов, А. А. Маврулов. Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). 10-синф ўқувчилари учун дарслик. Масъул муҳаррир: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 416 бет.
  2. Р.Ҳ. Муртазаева, Б.Ж. Эшов, Б.Жолдасов, М.У. Тожиева, М.М. Ҳайдаров, Н.Полвонов, Қ.Ражабов, А.Одилов. Ўзбекистон тарихи. Маърузалар матни. –Тошкент, 2000. – 164 бет.
  3. Д.А. Алимова, Р.Ҳ. Каримов, К.О. Оқилов, Қ.К. Ражабов, И.А. Алимов, А. А. Маврулов. Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). 10-синф ўқувчилари учун дарслик. Масъул муҳаррир: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2001. – 416 бет.
  4. Д.А. Алимова, Р.Ҳ. Каримов, К.О. Оқилов, Қ.К. Рачабов, И.А. Алимов, А. А. Маврулов. Таърихи Ўзбекистон (Солҳои 1917-1991). Китоби дарсй барои талабагони синфи 10-ум. Муҳаррири масъул: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2001. – 368 бет.
  5. Д.А. Алимова, Р.Ҳ. Каримов, К.О. Оқилов, Қ.К. Ражабов, И.А. Алимов, А. А. Маврулов. Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). 10-синф ўқувчилари учун дарслик. Масъул муҳаррир: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2002. – 416 бет.
  6. Д.А. Алимова, Р.Х. Каримов, К.О. Акилов, К.К. Раджабов, И.А. Алимов, А. А. Маврулов. История Узбекистана (1917-1991). Учебник для учащихся 10 класса. Ответственный редактор: Д. А. Алимова. –Ташкент: “Шарк”, 2002. – 272 стр.
  7. Қ. Ражабов, М. Ҳайдаров. Туркистон тарихи (1917-1924 йиллар). Ўқув қўлланмаси. –Тошкент: “Университет”, 2002. – 168 бет.
  8. Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртларининг номутахассис факультетлари талабалари учун дарслик). Профессор Р.Ҳ. Муртазаеванинг умумий таҳрири остида. –Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2003. – 675 бет.
  9. D.A. Alimova, R.H. Karimov, K.O. Oqilov, Q.K. Rajabov, I.A. Alimov, A.A. Mavrulov. O’zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). 10-sinf o’quvchilari uchun darslik. 4-nashri. Mas’ul muharrir: D. A. Alimova. –Toshkent: “Sharq”, 2004. – 464 bet.
  10. Д.А. Алимова, Р.Х. Каримов, Р. Х. Акылов, К.К. Ражабов, И.А. Алимов, А.А. Маврулов. Өзбекстән тарыхы (1917-1991-жылдар). 10-класстын оккучулары учун окду китеби. Кыргыз тилинде 1-босылышы. Жооптуқу редактор: Д. А. Алимова. –Ташкент: “Шарқ”, 2005. – 464 бет.
  11. D.A. Aliımowa, R.H. Karimow, K.O. Okilow, K.K. Rajabow, I.A. Alimow, A.A. Mawrulow. Özbeqıstanyn taryhy (1917-1991-yyllar). 10-njy synp okuwçıları üçın derslık (туркман т.). Jodarkar redaktor: D. A. Alımowa. –Dashkent: “Sharq”, 2005. – 464 бет.
  12. Д.А. Алимова, Р.Х. Каримов, К.О. Акилов, К.К. Раджабов, И.А. Алимов, А. А. Маврулов. История Узбекистана (1917-1981 гг.). Учебник для учащихся 10 класса. 2-издание. Ответственный редактор: Д. А. Алимова. –Ташкент: “Шарк”, 2005. – 432 стр.
  13. O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutasassislik fakultetlari talabalari uchun darslik). Professor R.H. Murtazayevaning umumiy tahriri ostida. –Toshkent,2005. – 536 bet.
  14. D.A. Alimova, R.H. Karimov, K.O. Oqilov, Q.K. Rajabov, I.A. Alimov, A.A. Mavrulov. O’zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). 10-sinf uchun darslik. 5-nashri. Mas’ul muharrir: D. A. Alimova. –Toshkent: “Sharq”, 2006. – 464 bet.
  15. Q. Rajabov, A. Bodirov. O’zbekiston tarixi (1917-2012 yillar). Akademik litsey va kasb-hunar kollej o’quvchilari uchun mavzulashtirilgan testlar to’plami. –Samarqand, 2012. -112 bet.
  16. Qahramon. Rajabov, Akbar Zamonov. O’zbekiston tarixi (1917 – 1991 yillar). O’rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari uchun darslik. 1-nashri. –Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 144 bet.
  17. Кахрамон Раджабов, Акбар Замонов. История Узбекистана (1917 – 1991 годы). Учебник для учащихся 10-классов средних образовательных учреждений и средне-специальных, профессиональных образовательных учреждений. 1-издание. –Ташкент: Издательско-полиграфический творческий дом имени ГафураГуляма, 2017. – 144 стр.
  18. Қаҳрамон Рачабов, Акбар Замонов. Таърихи Ўзбекистон (солҳои 1917 – 1991). Китоби дарсй барои донишомўзони синфи 10-уми муассисаҳои таълими миёна (тожик т.). Нашри якум. Тарчумон: Ш. Турдиқулов. –Тошканд: Хонаи эчодии табъу нашри ба номи Ғафур Ғулом, 2017. – 144 саҳ.
  19. Kahramon Rajabow, Akbar Zamonow. Özbegistanyn taryhy (1917 – 1991-nji y.y.). Orta bilim beryan mekdeplerin 10-njy synp okuwçylary üçin derslik (туркман т.). 1-nji neşir. Terjime edenler: G. Ablullayewa, K. Hallyyew. –Daşkent: Gafur Gulam adyndaky neşiryat-çaphana döredijilik öyi, 2017. – 144 sah.
  20. Kahramon Rajabov, Akbar Zamonov. O’zbekistan tariyxi (1917 – 1991-jillar). Orta bilimlendiriw makemelerinin 10-klasi ham ortaarnawli, kasiponer bilimlendiriw makemelerinin oqiwshilari ushin sabaqliq (қорақалпоқ т.). 1-basilimi. Awdarmashilar: S. Baynazarova, S. Aytmuratova. – Tashkent: Gafur Gulam atindagi baspa-poligrafiyaliq doretiwshilik uyi, 2017. – 144 bet.
  21. Kaxramon Rajabov, Akbar Zamonov. Ozbekstan tarixi (1917 – 1991-jildar). Orto bilim beruuchu mekemelerinin klassi uchun okuu kitebi (qirgʻiz t.). 1-basilishi. Kotorgon: M. Temirova. – Tashkent: Gafur Gulam atindagi basma-poligrafiyalik chigarmachilik uyu, 2017. – 144 bet.
  22. Қаҳрамон Ражабов, Акбар Заманов. Озбекстан тарихы (1917 – 1991 жылдар). Жалпы орта бiлiм беретiн оку орындарынын 10-сыныптары ушiн окулык (қозоқ т.). 1-басылымы. Редактор ва таржимон: К. Мамбетова. – Ташкент: Гафур Гулам атындагы баспа-шыгармашылык уйi, 2017. – 144 бет.
  23. Иккинчи жаҳон урушида фашизм устидан қозонилган ғалабага Ўзбекистон халқининг қўшган ҳиссаси (Ўқув қўлланма). Масъул муҳаррир Қ.Ражабов. – Тошкент: Университет, 2021. – 204 бет.
  24. Вклад народа Узбекистана в победу над фашизмом во второй мировой войне (Учебное пособие). Ответственный редактор: К.Раджабов. – Ташкент: Университет, 2021. – 200 стр.

Hujjat va materiallar toʻplamlari hamda boshqa kitoblar:

  1. Ўн саккизлар иши. Дело восемнадцати (Архив ҳужжатларининг изоҳли тўплами). Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифлари: Қ.К.Ражабов, А.Ж.Яхшиев. Изоҳ ва шарҳлар муаллифи: Қ.К.Ражабов. –Тошкент: “Akademiya”, 2012. - 320 бет.
  2. Ўзбекистонда ХХ асрнинг 20-30-йилларидаги сиёсий ва ижтимоий жараёнлар (Архив ҳужжатлари ва бошқа материаллар асосида). Политические и социальные процессы в Узбекистане в 20-30-е годы ХХ века (На примере архивных документов и других материалов). Масъул муҳаррир ҳамда нашрга тайёрловчи, сўзбоши, изоҳ ва шарҳлар муаллифи: Қ. Ражабов.–Тошкент: “Navro’z”, 2014. –293 бет.
  3. Ўзбекистон тарихи (1917 – 1991 й.). Хрестоматия. 5-жилд (ўзбек ва рус тилларида). [Тузувчилар ва таҳририят ҳайъати: Р. Абдуллаев, А. Сабиров, Қ. Ражабов ва б.] Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, Б. Пасилов. –Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2014. – 356 бет.
  1. Qahramon Kenjaevich Rajabov (Bibliografiya). Nashrga tayyorlovchi va tuzuvchilar: B.Qandov, S.Tillaboev. Masʼul muharrir: R.Abdullaev. – Toshkent: „Abu matbuot-konsalt“, 2012.
  2. https://zarnews.uz/uz/post/tarix-qatidagi-haqiqat-buxoro-amirligi-qanday-tugatilgan-edi-3-qism
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Jamolova D., Pardayev A.. Tarix ilmining qahramoni. 60 arg'umon kitobi. Toshkent: Fan, 2022 — 399-bet. ISBN 978-9943-19-651-6. 
  4. Istiqlolchilik harakati haqida 17 yil ichida birinchi kitob nashr qilindi. Kun.uz
  5. Tarixchi olim Qahramon Rajabov ilmiy maktabi. Nashrga tayyorlovchi va toʻplovchi hamda masʼul muharrirlar: S. Inoyatov, D. Jamolova. – Buxoro: „Durdona“, 2022.
  6. Qahramon Rajabov (Tavalludining 60 yilligiga bagʻishlanadi). Nashrga tayyorlovchilar: D. Jamolova, Sh. Rashidov. Masʼul muharrir: Azamat Ziyo. – Toshkent: „Fan“, 2022.
  7. Ergash Ochilov. Alp olimning moʻʼjizalari (Qahramon Rajabov haqida badiha). – Toshkent: „Bodomzor invest“, 2022