Qalam
Qalam yogʻoch (ba’zan qogʻoz yoki plastmassa) silindr va uning ichiga solingan pigment va gil aralashmali yoki grafitli yozuv yoki chizuv qurolidir. Ruchkalardan farqli oʻlaroq, tarkibida suyuq boʻyoq boʻlmaydi.
Qalam — 1) xat yozish, rasm solish, chizma chizish uchun ishlatiladigan chizmachilik quroli; yogʻoch yoki metall qobiq ichiga olingan moʻrt (sinuvchan) material (koʻmir, qoʻrgʻoshin, grafit, quruq boʻyoqdan qilingan oʻzak). Qadimda xalqlar, shu jumladan, Sharq xalqlarida xattotlar siyoh bilan yoziladigan qamish Qalamlardan foydalanishgan. Dastlabki Qalam Italiyada qora slanets loyidan 14-asrda qilingan, grafit Qalam 16-asrdan rasm boʻlgan. Fransuz olimi N.Kante 1790-yilda grafit sterjenli yogʻoch Qalamni ixtiro qilgan. 19-asrning 2-yarmida mexanik (sterjeni qisib qoʻyiladigan) yoki avtomatik (sterjeni burab chiqariladigan) Qalam paydo boʻldi va 20-asrda keng tarqaldi. Qalam oʻzagining qattiqlik darajasi boʻyicha yumshoq (ruscha belgilanishi M), qattiq (T) va oʻrtacha qattiq (MT) turlarga boʻlinadi. Qalam qora va boshqalar turli ranglarda sanoat korxonalarida ishlab chiqariladi. Qalam chizmachilik, rassomlik, loyihachilik, grimchilik, pardozandoz, duradgorlik va boshqalar sohalarda ishlatiladi; 2) sirtlarga oʻyib gul (naqsh) solishda va haykaltaroshlikda qoʻllanadigan metall asbob.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Qalamga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |