Kontent qismiga oʻtish

Qalami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qalami — 1) qoʻlda toʻqilgan yoʻlyoʻl gulli ip mato; qoʻlda yigirilgan ipdan olacharsh bir oz siyrakroq qilib tayyorlangan (oʻta ohorlangan iplar toʻqilish jarayonida vaqtvaqti bilan qalam bilan hoʻllanib turilgani uchun "Q." deb atalgan). Mato toʻqish jarayonida oq yoki och tanda iplar orasiga tutamtutam qizil, koʻk, toʻq yashil iplarni bir meʼyorda joylashtirilishi natijasida oqish mato zaminida ingichka rangbarang yoʻllar hosil qilingan. Q.dan erkaklarning yengil ustki kiyimi va boshqalar tayyorlangan. 20-asr boshlarida fkada toʻqilgan matolarning qoʻplab keltirilishi tufayli Q tayyorlash kamayib ketgan, faqat Ikkinchi jahon urushi davrida vaqtincha Q. mato tayyorlash ham qayta tiklangan; 2) sopol buyumlarga qalam yordamida chizib bezak yaratish usuli hamda shu usulda ishlangan bezak, naqsh.