Kontent qismiga oʻtish

Qalampirgul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qalampirgul — rezedagullilar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻrta dengiz boʻyi mamlakatlarida, Sharqiy Afrika va Hindistonda tarqalgan. Gʻarbiy Sibirda 1 turi, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 10 turi uchraydi. Barglari ketmaket joylashgan, gullari mayda, ikki jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon toʻpgul hosil qiladi. Mevasi koʻsakcha. Adirlar, toshloq yerlarda, baʼzi turlari ekinlar orasida begona oʻt sifatida oʻsadi. Gulchilikda, asosan, xushboʻy Q. turi ekiladi. Gullari oq, xushboʻy, may—iyun oylarida gullab, urugʻlaydi. Xushboʻyligi tufay Sariqkelampirgul. li parfyumeriya sanoatida xushboʻy pardoz moy (pomada) tayyorlashda foydalaniladi. Ochiq yerga urugʻini sepib koʻpaytiriladi. Sariq Q. turining iddizidan sariq boʻyoq olinadi.