Qandil kechalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Qandil kechalari” Turkiya va Bolqon musulmon jamoalarida nishonlanadigan, Muhammad alayhissalomning hayotlari bilan bogʻliq boʻlgan, minoralar yoritilib, maxsus duolar oʻqiladigan beshta islomiy muqaddas kechadir. Bu XVI asrda yashagan Usmonli sultoni Salim II davrida asos solingan anʼana boʻlib, u oʻsha davr shayxulislomi koʻmagida ushbu muborak kunlarda masjidlardagi minoralarni yoritishni maqsadga muvofiq deb hisoblagan[1]. “Qandil” nomi arabcha qandil (قنديل) yoki sham degan ma’noni anglatuvchi “qindil” soʻzidan olingan[2].

Turkiyada simitning maxsus kichikroq shakli odatda Qandil kechalarida sotiladi.

Besh Qandil kechasi quyidagilar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mavlid qandili (Mavlid an-Nabiy) – Muhammad alayhissalom tugʻilgan kun;
  • Ragʻoib qandili (Laylat ar-Ragʻoib) - Tungi ibodatlar ijobat boʻladigan kecha;
  • Me’roj qandili (Laylat al-Me’roj) – Muhammad alayhissalom osmonga koʻtarilgan kecha;
  • Baroat qandili (Sha’bon oʻrtasi) - Gunohlar kechiriladigan va keyingi yil taqdiri belgilanadigan kecha;
  • Qadr kechasi qandili (Laylat al-Qadr) – Muhammad alayhissalomga ilk vahiy nozil boʻlgan kecha.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]