Kontent qismiga oʻtish

Qaragʻaydoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qaragʻaydoshlar — ochiq urugʻlilar tipiga mansub oila. Ignabargli daraxt va butalardan tashkil topgan. Q.ning urugʻchi qubbalari kichik qoplovchi va katta tangacha barglardan iborat. Qubba yetilgach, yogʻoch lanadi. U butunligicha yoki boʻlinib toʻkiladi. Koʻpchilik turlari changida ikkita havo pufakchalari bor. Urugʻlari qanotli, urugʻ kurtaklari esa teskari. Urugʻchi va changchi qubbalari doimo bir oʻsimlikning oʻzida joylashadi. 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga olgan 9 turkumi bor. Koʻpchilik turlari Shimoliy yarim sharning oʻrta mintaqasida tayga oʻrmonlarini hosil qiladi. Oʻzbekistonda qaragʻay, qora qaragʻay, tilogʻoch, pixta va kedr kabi turkumlarning bir necha turlari uchraydi. Toshkent va boshqalar shahar koʻchalarida ayrim dekorativ turlari oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.