Kontent qismiga oʻtish

Qaragʻay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qarag‘aydan yoʻnaltirildi)
Alois Kirnig

Qaragʻay – qaragʻaydoshlar oilasiga mansub ignabargli daraxt va butalar turkumi. Asosan, Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning oʻrmon zonalarida, kam tarqalgan. Shimoliy yarimsharning tropik va subtropik togʻlarida tarqalgan. Qaragʻaylarning 100 ga yaqin turi maʼlum. Rossiyada yovvoyi holda 12 turi va iqlimlashtirilgan 70 turi uchraydi. Oʻzbekistonda esa qaragʻay tabiiy holda oʻsmaydi. Ammo uning qora qaragʻay, tilogʻoch, pixta va kedr kabi turkumlarining Pallas yoki Qrim qaragʻayi, oddiy qaragʻay va shrenk qaragʻayi kabi turlari oʻstiriladi.

Pallas yoki Qrim qaragʻayining boʻyi 15–20 (30) metrgacha yetishi mumkin. Shox-shabbasi keng va uzun. Ignabarglari 8–15 sm boʻlib, ingichka, qattiq va oʻtkir uchli, rangi esa toʻq yashil. Qubbalari yirik, uzunligi 6 – 10 sm, kengligi 4–5 sm, tangachalari rombsimon, yaltiroq, qoʻngʻirsargʻish. Qaragʻay issiqsevar va yorugʻlikni xush koʻruvchi oʻsimlik. U 150–500 (600) yilgacha yashaydi. Urugʻidan koʻpayadi va koʻpincha shahar koʻchalari hamda xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Qaragʻayning barcha turlarining yogʻochi mebelsozlikda, qurilishda, taxta ishlab chiqarishda, shuningdek, smola va skipidar olishda foydalaniladi.

Koʻpchilik qaragʻaylarning poʻstlogʻi qalin, lekin baʼzi turlari yupqa poʻstloqqa ega. Shoxlari oddiy „psevdo burmalar“ shaklida boʻlib, aslida juda qattiq spiral koʻrinishidagi novdalar halqasiga oʻxshaydi. Koʻpgina qaragʻaylar har yili faqat bitta novda hosil qiladi, biroq ayrimlari koʻp tugunli boʻlib yiliga ikki yoki undan ortiq novda chiqara oladi.

Qaragʻaylar bir uyli oʻsimlik boʻlib, erkak va urgʻochi qubbalari bir daraxtda joylashadi. Erkak qubbalari kichkina (1-5 sm uzunlikda) boʻlib, faqat qisqa vaqt davomida (odatda bahorda, ayrim turlari esa kuzda) gul changlarini tarqatadi va soʻng toʻkiladi. Urgʻochi qubbalari changlanishdan keyin 1,5-3 yil ichida, turiga qarab, pishib yetiladi. Pishib yetgan urgʻochi qubbalarning uzunligi 3-60 sm gacha yetadi.

Tarqalishi va vatani

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qaragʻaylar shimoliy va janubiy yarimsharlardagi tropik hududlardan moʻtadil iqlimli mintaqalargacha keng tarqalgan. Shimoliy yarimsharning koʻpgina hududlarida mahalliy qaragʻay turlari mavjud boʻlib, ular Boreal o'rmonining katta qismlarini egallaydi va Oʻrta Yer dengizi havzasi atrofida joylashgan. Shuningdek, qaragʻaylarning bir turi (Sumatra qaragʻayi) Sumatrada ekvatorning 2° janubiy kengligigacha tarqalgan. Shimoliy Amerikada turli qaragʻay turlari 66° shimoliy kenglikdan 12°C janubiy kenglikkacha boʻlgan hududlarda oʻsadi[1].

Qaragʻaylarni yarim qurgʻoqchil choʻldan tortib yomgʻirli oʻrmonlargacha, dengiz sathidan 5200 m (17100 fut) balandlikkacha, sovuqdan issiqgacha boʻlgan turli xil muhitlarda uchratish mumkin. Ular odatda qulay tuproqli va oz boʻlsa ham suvli togʻli hududlarda oʻsadi[2]. Har ikki yarimsharning moʻtadil va subtropik hududlarida turli turlar ekilib, ular yogʻoch uchun yetishtiriladi yoki parklar va bogʻlarda manzarali oʻsimlik sifatida parvarish qilinadi.

  1. Singh, Surendra P.; Inderjit; Singh, Jamuna S.; Majumdar, Sudipto; Moyano, Jaime; Nuñez, Martin A.; Richardson, David M. (2018-09-21). "Insights on the persistence of pines (Pinus species) in the Late Cretaceous and their increasing dominance in the Anthropocene". Ecology and Evolution 8 (20): 10345–10359. doi:10.1002/ece3.4499. ISSN 2045-7758. PMID 30398478. PMC 6206191. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6206191. 
  2. „Pine Trees“. Basic Biology (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.