Qardoshli lola
Qardoshli lola | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli o‘simliklar |
Sinf: | Bir urugʻpallalilar |
Turkum: | Lola |
Oila: | Loladoshlar |
Binar nomi | |
Tulipa affinis |
Qardoshli lola (lotincha: Tulipa affinis) – loladoshlar oilasi lola turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Jizzax viloyati Zomin davlat togʻ -archa qoʻriqxonasi va Qoʻytosh togʻi hududlari atrofida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 15-25 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Piyozchasi orqali ham koʻpayadi. Piyozboshisi choʻziq tuxumsimon shaklda diametri 2-4 sm. Tashqi qobigʻi yupqa, toʻq qoʻngʻir rangda. Barglari bandsiz, pastki qismi bilan poyani oʻrab oladi, soni 3 tagacha, koʻkimtir rangda, chetlari egri bugri. Gulqoʻrgʻon boʻlakchalari qoʻshilmagan, erkin. Guli ikki jinsli, yolgʻiz, gultojibarglari qizil rangda, tubida qora, chetlarida sariq hoshiyalari bor. Changchi iplari qora, changdonlari bilan birikkan joylari oq tusda. Changdonlari qora yoki binafsha rangda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Aprel may oylarida gullab, mevasi iyulda yetilib pishadi. Mevasi och qoʻngʻir tusli ko‘sakcha. Urug‘i va piyozchasi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan. Jizzax viloyati, Zomin davlat togʻ archa qoʻriqxonasi va Qoʻytosh togʻi hududida uchraydi. Archazorlar orasida, toshli tuproqlarda oʻsadi. Piyozchasi, gullarining odamlar tomonidan yigʻib olinishi va chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida 1957—yildan buyon ekib oʻstirilmoqda. Zomin va Nurota davlat qoʻriqxonalari hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tulipa affinis“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.