Kontent qismiga oʻtish

Qargʻabazar masjidi

Koordinatalari: 39°32′20″N 47°09′26″E / 39.53889°N 47.15722°E / 39.53889; 47.15722
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qargʻabazar masjidi
Qarğabazar məscidi
Joylashuvi Fuzuliy tumani, Ozarbayjon
Turi karvonsaroy
Loyiha muallifi Hoji Gʻiyosiddin
Qurilish boshlanishi 1982-1983
Qurilish yakunlanishi 1984


Gargabozor masjidi (ozarbayjoncha: Qarğabazar məscidi) – Ozarbayjonning qadimiy masjidlaridan biri. Bino Ozarbayjonning Fuzuliy tumanidagi Qargʻabazar qishlogʻida joylashgan boʻlib, Gʻiyos ad-Din masjidi nomi bilan ham tanilgan. Safaviylar sulolasi davriga oid bu masjid 1682-yilda qurilgan[1].

Masjidning kirish eshigida „Bu masjidni Alloh taoloning halol bandasi Hoji Gʻiyosiddin hijriy 1095-yilda qurdirgan“ (1683—1684-yillar Grigoriy taqvimi) degan yozuv mavjud. Hoji Gʻiyos ad-Din masjidining balkoni yoʻq, binoda faqatgina 1 ta zal mavjud boʻlib, mahalliy qurilish materiallaridan (asosan, tosh) qurilgan. Masjid tomi ark shaklida. Binoning kirish eshigidan boshqa hech bir qismida hech qanday yogʻochdan foydalanilmagan. Masjid qishloq markazida joylashgan qoyali tepalikda qurilgan. Oʻsha yili qurilgan karvonsaroy esa qishloqning janubiy qismida joylashgan[2].

Karvonsaroy va masjidning meʼmoriy tahliliga koʻra, ularning ikkalasi ham bir meʼmor tomonidan qurilgan.

  1. Гарғабазар(ozar.) // Азербайджанская советская энциклопедия. — Andoza:Б., 1979. — C. III. — S. 70.
  2. Микаэль Алескерович Усейнов. История архитектуры Азербайджана. Baku: Государственное издательство литературы по строительству, архитектуре и строительным материалам, 1963 — 393-bet. 

39°32′20″N 47°09′26″E / 39.53889°N 47.15722°E / 39.53889; 47.15722