Kontent qismiga oʻtish

Qashqadaryo (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qashqadaryo
Turi Ijtimoiy-siyosiy
Formati A3
Asos solingan 1-fevral 2013
Bosh muharrir Kamoliddin Karimov
Tili Oʻzbekcha
Bosh ofisi Qarshi shahri Mustaqillik shohkoʻchasi 22-uy
Vebsayt http://qashqadaryogz.uz

Qashqadaryo — Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi[1]. 1925-yil 22-mayda Qarshi shahrida „Qashqadaryo“ nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik „Sotsializm alangasi“, „Yengish“ (1934), „Qashqadaryo haqiqati“ (1935) nomlarida chop etilgan. 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyatiga qoʻshilishi munosabati bilan „Qashqadaryo haqiqati“ gazetasi oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1964-yil 7-fevralda yana chiqa boshlagan.

1997-yil 11-iyunda „Qashqadaryo haqiqati“ va „Kashkadarinskaya pravda“ gaz.lari tahririyatlari birlashtirilib, „Q.“ nomida oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. 2005-yil 1-yanvardan „Q.“ va „Novosti Kashkadari“ gaz.lari har qaysisi alohida mustaqil nashr sifatida oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Sahifalarida viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida roʻy berayotgan yangiliklardan xabardor etish va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, xalq farovonligi va turmush darajasini mustahkamlash ishlariga jalb qilishga oid materiallar berib boriladi.

Gaz.ga turli yillarda S. Karimov, N.Gʻulomov, U. Xoʻjayev, Umarov, S.Qodirov, R.Nurmatov, B.Norqobilov, N. Ravshanov muharrirlik qilishgan. Adadi 4001 (2005).