Qashqaldoq (qush)
Qiyofa
Qashqaldoq — turnasimonlar turkumi suvmoshaklar oilasiga mansub qush. Tanasi 40 sm cha. Q. yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Avstraliyada; Rossiyaning oʻrta va jan. mintaqalarida tarqalgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda ham uchraydi. Muzlamaydigan suv havzalarida qishlaydi. Uyasinidaryo, koʻl va dengiz qirgʻoqlaridagi oʻsimliklar orasiga yasaydi. 6—15 ta tuxum qoʻyadi; tuxumni bosishda nari ham qatnashadi. Bolasi tuxumdan 21 — 24 kunda chiqadi. Suv oʻsimliklari, hasharotlar va boshqalar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Ovlanadi. Qon aylanish sistemasi yopiq.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |