Kontent qismiga oʻtish

Qashqaylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qashqay
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Jami: 1,5 million
Eron
Til Qashqay tili, Forscha
Dini Shialik
Qashqaylarning chodiri
Qashqaylik odam kalyan chekmoqda. Sepidan Shahristoni, Eron

Qashqaylar (forscha: قشقائی) — asosan koʻchmanchi hayotda yashab kelayotgan turkiy xalqlardan biri. Asosan Eron janubi-sharqida joylashgan Fors koʻrfaziga qarashli Sheroz atrofida koʻchib yuradi. Eronda ozarbayjonliklardan soʻng eng koʻp sonli turkiy xalq.

Koʻchmanchilik manzilgohlari, yozda Sheroz togʻlari va qishda Fors koʻrfazi tekisliklaridir. Qabilaning koʻchib yuruvchi hududi 480-1000 kilometrlik maydonni qamrab oladi.

Qashqaylarning katta qabilalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Amele (5397 oila, 450 nafar aholi)
  • Derre Shuri (Saltlu vodiysi, 5265 oila)
  • Sesh Beyli (6 janob) (4350 oila)
  • Farsimadan (1505 oila)
  • Keshkoʻlli (5.512 oila): Katta va Kichik Keshkoʻlli deb ikkiga boʻlinadi:
    • Buyuk Keshkoʻlli (Keshkuli Bozorg. 4862 oila, asosan oʻtroq)
    • Kichik Keshkoʻlli (Keshkuli Kuchik, 650 oila)

Oz sonli qabilalari:

  • Qaracha (430 oila)
  • Rahimli (370 oila)
  • Safi Xanli (335 oila)

Qoshqaylar shialarning 12 imom eʼtiqodini qabul qilgan.

Qashqaylar qashqay tilida soʻzlashadi. Ko‘chmanchi hayot tarzida yashaganligi bois tillariga Erondagi boshqa turkiy xalqlar kabi fors tili unchalik ham taʼsir ko‘rsatmagan.

Turar-joy hududlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qashqaylar asosan Zagros togʻlari etaklari boʻylab choʻzilgan mintaqada yashaydi. Manzilgohlari: Sheroz, Feruzobod, Farashbend, Kazerun, Abade va Semirom kabi shaharlarda joylashgan.

Anʼanaviy bosh kiyim kiygan qashqay bola.

Qashqay erkaklar ot minish va choʻponlik mahorati bilan mashhur. Ularning odatiy bosh kiyimlar ham boʻlib, Qashqay ayollari turli xil rangdagi yubka va koʻylak bilan birga sharf oʻrashadi. Shuningdek, gilamdo‘zlikda mahoratli, o‘zlarining manzilgohlarida tabiiy o‘simliklar va hasharotlardan hamda qo‘ylarining junidan olingan tabiiy bo‘yoqlardan foydalangan holda rang-barang va betakror gilamlar toʻqiydi. Erondagi boshqa ayollardan farqli oʻlaroq ular oʻz turar joylarida chodra kiymaydi. Lekin 1979-yilgi inqilobdan buyon shaharlarga chodra kiyib kelishga majburdirlar[1].

Taniqli shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ismoilhan Qashkay — Qashqay elining elxoni
  • Emanallah kara Beygi — Farsimlardan jamoasidan chiqqan mashhur shoir.
  • Afsona Jahangiri — Xonanda
  • Teymur Goʻrdani — Buyuk Keshkollilardan chiqqan shoir.
  • Habiballoh Gerginpur.
  • Husrovxon Qashkay.
  • Dovud Huseyin Agayi Keshkoʻlli — Buyuk Keshkoʻllilardan chiqqan shoir.
  • Furud Garginpur.
  • Mezun Kaskayi — shoir.
  • Mirzo Jahongirxon Qashqay.
  • Nosir Qashqayi.
  • Yusif Qashqayi — taniqli shoir.
  • Mirali Qashqayi — akademik

Madaniy taʼsirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nissan Motors oʻzining 2006-yilgi modeliga Qashqay qabilasining nomini bergan[2][3][4]. Rejissyor Mohsen Maxmalbaf tomonidan 1996-yilda suratga olingan „Gabbeh“ nomli filmida Qashqay xalqining kundalik hayoti tasvirlangan[5].

  1. „Nissan Qashqai car“ (2008-yil 5-avgust). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  2. „Nissan Qashqai :: Concept Car Database“. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  3. „Automobile.com: Where It's Easy to Compare Car Insurance Quotes“. 2008-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  4. „NISSAN – NEWS PRESS RELEASE“ (2006-yil 5-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  5. „Gabbeh. 1996. Written and directed by Mohsen Makhmalbaf | MoMA“ (en). The Museum of Modern Art. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.