Kontent qismiga oʻtish

Qatagʻon qurbonlari muzeyi (Xorazm)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI" MUZEYI
Joylashuvi Oʻzbekiston, Xorazm


Qatagʻon qurbonlari muzeyi – O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 936-sonli qaroriga muvofiq Xorazm viloyatida Qatagʻon qurbonlari muzeyini tashkil etish Urganch davlat universitetiga yuklandi.[1] Muzey fondi professor-oʻqituvchilar, yosh olim va talabalar hamda keng jamoatchilikning faol ishtirokida arxiv hujjatlari, Oʻzbekiston Markaziy davlat arxivi, Ichan-qal’a muzey fondi materiallari bilan boyitilgan. Muzeydan 1937-yili deportatsiyada Xorazm viloyatiga koʻchirib keltirilgan koreys diasporasi vakillari bilan hamkorlikda yigʻilgan materiallar ham oʻrin olgan[2]. Muzey Y.Rahmonova boshchiligida Xorazm viloyatidagi qatagʻon qurbonlaribilan bogʻliq boʻlgan shaxslar tarixi, rasmlari, arxivi, hujjatlarni toʻplash bilan shugʻullandi. Hujjatlarni toʻplashning dastlabki yilida 2300 dan ortiq hujjatlar toʻplangan boʻlsa, hozirgi kunda muzey fondi 4000 ortiq materiallar mavjud.

Muzey boʻlimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, mahalliy xalqning erk va hurriyat uchun kurashi (1868-1900)“,
  • „Xiva xonligidagi milliy uygʻonish harakati, uning amaliy yoʻnalishlari va namoyandalari (1901-1917)“,
  • „Xorazm Xalq Respublikasining tugatilishi va viloyatda bolsheviklar hokimiyatining oʻrnatilishi (1917-1929)“, „Sovet davlati qatagʻon siyosatining boshlanishi (1929-1936)“,
  • "1937-1938 yillardagi „Katta qirgʻin“,
  • „1940-1950 yillardagi siyosiy qatagʻonlar“,
  • "1980-yillardagi qatagʻon.
  • „Paxta ishi“ kampaniyasi",
  • „Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatagʻon qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991 yildan keyingi davr)“ kabi boʻlimlardan tashkil topgan.[3]
  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 936-sonli qarori
  2. https://daryo.uz/2018/09/01/urganchda-qatag%CA%BBon-qurbonlari-xotirasi-muzeyi-ochildi
  3. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.