Kontent qismiga oʻtish

Qatron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qatron, tatun — karamguldoshlar mansub koʻp yillik oʻgsimon oʻsimliklar turkumiga kiradi. Osiyo va Yevropada 30 turi maʼlum. Rossiya va Oʻrta Osiyoda oʻsadi. Oʻzbekistonda kochi Q.i, sharq yoki yoqimli Q. turlari tarqalgan. Kochi Q.ining poyasi tarva qaylab shoxlangan. Boʻyi 50—150 sm, Ildiz boʻgʻzidagi barglari uzun bandli, uz. 30 sm, eni 50 sm, buyraksimon yoki dumaloq tuxumsimon, tubi yuraksimon, cheti yirik tishli, usti gʻadirbudir bo'ladi. Gullari oq, mart— may oylarida gullab, may—iyun oylarida urugʻlaydi. Mevasi dumaloq qoʻzoqcha. Ayrim turlarining barglari sabzavot sifatida ovqatga ishlatiladi, habashiston Qi turi urugʻida 47—53% moy bor. Adir va togʻ yonbagʻirlarida uchraydi. Chorva mollari uchun toʻyimli yemxashak.