Kontent qismiga oʻtish

Qaydu Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qaydu Mirzo (1396-1418) Amir Temurning chevarasi, Muhammad Jahongir Mirzoning katta nevarasi, Pirmuhammad Mirzoning katta oʻgʻlidir. Pirmuhammad mirzo oʻlganidan keyin Kobul,Qandahor va Gʻaznadan Shim. Afgʻonistondan iborat boʻlgan hududlar katta oʻgʻil Qaydu Mirzoga suyurgʻol qilib beriladi. 1415-yilda isyon koʻtargan Boyqaro Mirzoni Shohrux mirzo uning yoniga yuboradi. Boyqaro bu yerda ham tinch oʻtirmay Qaydu mirzoning joniga suyiqasd qilishga harakat qilgan. keyin uni sinddan narigi tomonga joʻnattirgan [1][2]. Qaydu mirzoning oʻzboshimchaligidan uni 1417-yil oxirida Hirotga olib kelishadi, Shohrux uni kechiradi va Hirotda saqlaydi. 1418-yil 22- avgustda Hirotdan qochadi lekin uni Boysungʻur mirzo tutib Hirotga olib keladi va Ixtiyoriddin qal`asiga qamattiradi. Qaydu Mirzo shu yerda vafot etadi.

  1. Fayziyev, Turg`un (2024-03-15). „Temuriylar shajarasi“. UzMU xabarlari. 1-jild, № 1.3.1. 48–52-bet. doi:10.69617/uzmu.v1i1.3.1.1472. ISSN 2181-7324. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)
  2. Abdurazzoq Samarqandiy . Matlayi sadayn.