Qaynar masjidi
Masjid | |
Qaynar masjidi
| |
Masjidning kirish qismi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Qaynar qishlogʻi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mulla Qobil oxund |
Binokorlik | 1895—1899 |
Maqomi | Davlat muhofazasida |
Qurilish materiali | tuproq, yogʻoch |
Holati | boshqa masjid qurilgani sababli faoliyati toʻxtatilgan |
Qaynar masjidi Vikiomborda |
Qaynar masjidi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Qaynar qishlogʻida joylashgan masjid. Qashqadaryo viloyat madaniy meros boshqarmasining operativ boshqaruv huquqi asosidagi davlat mulki[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qaynar masjidi 1895–1899-yillarda mulla Qobil oxund donatorligida va boshchiligida xalq hashari yoʻli bilan qurilgan. SSSR davrida masjid binosidan xoʻjalik omborxonasi va pilla yetishtirish punkti sifatida foydalanilgan. 1991-yildan keyin ushbu masjid xalq hashari bilan qayta taʼmirlangan[2].
Qaynar masjidi 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 2017-yilda u yerda yangi tahoratxona qurilgan[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning tarhi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidadir. Uning eni va boʻyi 10x8 m ni tashkil etadi. Devorlari sinchli, tomi vassajuft tarzida yopilgan. Ichki qismida ikkita ustun bor. Qaynar masjidining beshta kirish eshigi mavjud. Masjid atrofi ayvon bilan oʻralgan. Yogʻochlari chinor va archa daraxtlaridan boʻlib, naqshinkor qilib bezatilgan[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Қашқадарё вилояти бўйича Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхати“. 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Akbarov, R. „"Qaynar" masjidi“. Nasafziyo.uz. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi rasmiy sayti (2020-yil 29-aprel). Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.