Kontent qismiga oʻtish

Qayragʻoch (shaharcha)

Koordinatalari: 38°52′14″N 66°45′52″E / 38.87056°N 66.76444°E / 38.87056; 66.76444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayragʻoch
ruscha: Кайрагач
Shaharcha
38°52′14″N 66°45′52″E / 38.87056°N 66.76444°E / 38.87056; 66.76444
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Yakkabogʻ tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qayragʻoch ruscha: Кайрагач xaritada
Qayragʻoch ruscha: Кайрагач
Qayragʻoch
ruscha: Кайрагач

Qayragʻoch (ruscha: Кайрагач) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayragʻoch bu shox shabbalari zich boʻlgan, barg toʻkuvchi, soya beradigan manzarali daraxt. Qayragʻoch soʻzining qadimiy qoʻllanishi qora ogʻoch shaklida boʻlgan. Ammo bundagi ogʻoch soʻzi yogʻoch maʼnosida emas koʻkarib turuvchi darax, oʻsimlik maʼnosinidaa qoʻllangan. Qora soʻzi esa katta, ulkan, bahaybad maʼnolarini bildirgan. Shunga koʻra, qora ogʻoch katta, uzun boʻyli koʻp va qalin shoxli daraxt maʼnosini beradi. Uni hovlilarga soya salqin qilishi va xush manzaraligi uchun ham ekishgan. Sharchadagi xonadonlarda bunday daraxtlarning bisyorligi keyinchalik shaharchaga shu nom berilishiga sabab boʻlgan[2].

1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshqanot shaharchasida 2200 nafar kishi istiqomat qilgan. Bu 3 yil avvalgi koʻrsatkichdan 300 taga koʻproqdir[3].

Qayragʻoch shaharchasining iqlimi kontinental. Bu yerda yanvarning oʻrtacha harorati −1 °C ni, eng past harorat −25 °C ni tashkil etadi. Iyulning oʻrtacha harorati 28,5 °C ga, eng yuqori harorat esa 44 °C ga teng. Yillik oʻrtacha harorat 15 °C dan pasaymaydi. Hududning asosiy qismi choʻl hududida ekanligi bois, qishi quruq, yozi esa jaziramali boʻladi.

Qayragʻoch shaharchasida 39-sonli maktab, toʻyxona va bir nechta doʻkonlar faoliyat yuritadi. Shahar hududining katta qismi oʻzlashtirilmagan choʻllardan tarkib topgan.

Qayragʻoch shaharchasiga eng yaqin joy Chubron shaharchasi hidoblanadi.

Oʻxshash joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda Fargʻona viloyati Rishton tumani, Tojikistonda Hamadoniy tumani, Qirgʻizistonning Botken viloyati Laylak tumanida Qayragʻoch nomli aholi yashash punktlari mavjud. Shuningdek Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Qayragʻoch ota ziyoratgohi mavjud. Andijon viloyati Izboskan tumanida Qayragʻochtepa nomli madaniy meros obyekti ham bor.

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 352-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 155-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.