Qayrat Abdrahmanov
Qiyofa
Qayrat Abdrahmanov | |
---|---|
qozoqcha: Қайрат Құдайбергенұлы Абдрахманов | |
YeXHTning ozchiliklar boʻyicha Oliy komissari | |
Prezident | Nursulton Nazarboyev, Qasim-Jomart Toqayev |
Oʻtmishdoshi | Zannier Lamberto Zannier |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1964-yil 21-aprel Jarkent, Olmaota viloyati |
Siyosiy partiyasi | Amanat partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Abdraxmanova Mayra Kabiqizi |
Bolalari | Temirjan Qayratovli, Aynur Qayratovna |
Otasi | Qudaybergen Abdraxmanuli |
Taʼlim | Qozoq milliy universiteti |
Kasbi | Favqulodda va Muxtor elchi |
Ilmiy unvoni | Tarixchi |
Mukofotlari | Parasat ordeni |
Qayrat Xudoybergenuli Abdrahmanov (1964-yil 21-aprel, Jarkent, Olmaota viloyati, Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi sobiq tashqi ishlar vaziri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1964-yil 21-aprelda Olmaota viloyati Jarkent shahrida tugʻilgan. 1987-yili Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetini tamomlagan (oʻsha paytda M. S. Kirov nomidagi Qozoq Milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan.
- 1987-1991-yillarda Kanish Satbayev nomidagi Qozoq Milliy texnika universiteti Siyosiy tarix kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
- 1991-1993-yillarda Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida aspiranturada tahsil olgan.
- 1993-1997-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi va uchinchi darajali kotibi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
- 1997-yilda Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo davlatlari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
- 1998-1999-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 3-departamenti direktori lavozimida ishlagan.
- 1999-2001-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
- 2001-2003-yillarda Qozog‘istonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida elchi yordamchisi lavozimida ishlagan.
- 2003-yilda Qozogʻiston Respublikasining Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan.
- 2006-2007-yillarda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
- 2007-2008-yillarda Qozog‘iston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.[1]
- 2008-2011-yillarda Qozog‘iston Respublikasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.
- 2013-yil 26-noyabrda Qozog‘iston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimini egalladi.
- 2016-yil 26-dekabrda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan.
- 2019-2020-yillar Qozog‘iston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
- 2020-yil 4-dekabrdan YeXHTning ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari lavozimida ishlab kelmoqda.[2]
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Sana | Mukofot | |
---|---|---|---|
Qozogʻiston | — | "Hurmat" ordeni | |
Qozogʻiston | — | Parasat ordeni | |
Qozogʻiston | 2001 | „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi“ medali | |
Qozogʻiston | 2005 | Qozogʻiston Konstitutsiyasining 20 yilligi medali | |
Qozogʻiston | 2005 | Qozogʻiston parlamentiga 20 yillik medal | |
Qozogʻiston | 2018 | Ostonaning 20 yilligi medali |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Главы государства“. akorda.kz (20 августа 2007). 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
- ↑ „Кайрат Абдрахманов стал Верховным комиссаром ОБСЕ по делам нацменьшинств“. 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Davlat rahbarining farmoni (2007 yil 20 avgust) (Wayback Machine saytida 2021-01-16 sanasida arxivlangan)
- Davlat rahbarining qarori (2011 yil 24 mart) (Wayback Machine saytida 2021-01-16 sanasida arxivlangan)
- Davlat rahbarining qarori (2013 yil 26 noyabr) (Wayback Machine saytida 2021-01-15 sanasida arxivlangan)
- Davlat rahbarining Farmoni (2016 yil 28 dekabr)
- Ostona rivojiga qoʻshgan hissasi uchun yubiley medali[sayt ishlamaydi]