Qayrat Ermetov
Qayrat Ermetov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
23-may 1984-yil Boʻstonliq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Sport | |
Qaysi sport | togʻ changʻi sporti |
Qayrat Ermetov (1984-yil 23-may, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi. 2006-yilda qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qayrat Ermetov 1984-yil 23-mayda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tugʻilgan.
U 2003-yildan togʻ changʻi sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Ermetov 2003-yil fevral oyida Yaponiyada boʻlib oʻtgan changʻi sporti Xalqaro federasiyasi musobaqasi egidi ostida birinchi marotaba ishtirok etadi[1].
2004-yil mart oyida u Turkiyadagi musobaqada ikki karra gʻolib boʻladi[1].
Kayrat Ermetov 2005-yilda Bormiodagi ulkan slalom boʻyicha jahon chempionatida 71-oʻrinni egallaydi va slalom boʻyicha ikkinchi urinishda marraga yetib kelolmaydi[1].
U 2006-yilda Turindagi qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Slalom boʻyicha ikki urinishda jami 2 daqiqa-yu 20,88 soniya natija koʻrsatib, avstriyalik gʻolib raqibdoshi Benjamin Rayxdan 37,74 soniya ortda qolib, 46-oʻrinni egallaydi. Olimpiyadaning ochilish va yopilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdoriga aylandi[2].
Shunday qilib, Kayrat Ermetov 2008-yilda sportdagi faoliyatini tugatadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „ERMETOV Kayrat - Athlete Information“. www.fis-ski.com. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
- ↑ „Olympedia – Kayrat Ermetov“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.