Kontent qismiga oʻtish

Qimor

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qimor o‘yinlaridan yoʻnaltirildi)
Caravaggio, (tax. 1594-yil)

Qimor (shuningdek, dovga tikmoq) – turli qiymatga ega boʻlgan buyum yoki pulni yutib olish maqsadida tasodifiy hodisa uchun tavakkal ravishda („dov“) tikish.

Qimor oʻyinlari yirik xalqaro tijoriy faoliyat hisoblanib, 2009-yilda qonuniy qimor bozorining umumiy qiymati taxminan 335 milliard dollarni tashkil etgan[1].

Mesopotamiyada eng qadimgi olti qirrali oʻyin donalari miloddan avvalgi 3000-yillarga borib tarqaladi. Ammo ular undan bir necha ming yil oldin paydo boʻlgan astragallar asosida yaratilgan. Xitoyda miloddan avvalgi birinchi mingyillikda qimorxonalar keng tarqalgan boʻlib, hayvonlar jangiga garov oʻynash odatiy hol boʻlgan. Lotto oʻyinlari va dominolar (Pai Gow oʻyinining ajdodlari) Xitoyda X asrdayoq paydo boʻlgan[2].

Oʻyin kartalari milodiy IX asrda Xitoyda paydo boʻlgan. Yaponiya qimor oʻyinlarining tarixi XIV asrga borib taqaladi[3].

Poker AQShning qimor bilan bogʻliq eng mashhur karta oʻyini boʻlib, XVII asrga oid fors oʻyini As-Nasdan kelib chiqqan[4].

Dastlabki kazino Ridotto 1638-yilda Italiyaning Venetsiya shahrida oʻz faoliyatini boshlagan[5].

Buyuk Britaniya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qimor asrlar davomida Buyuk Britaniyada asosiy hordiq chiqarish mashgʻuloti boʻlib kelgan[6]. Ayniqsa, ot poygasi qimor uchun sevimli sport sohasi boʻlgan[7] . Bu soha qattiq tartibga olingan[8]. 2005-yilda mamlakatda „Gambling Act 2005“ nomli normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan boʻlib, ushbu hujjat tavakkalchilikka asoslangan turli qimor oʻyinlariga litsenziya berish tartibini va ushbu turdagi faoliyatni nazorat qiluvchi organ – Gambling komissiyasining (Gambling Comission) vakolatlarini belgilab berishga qaratilgan[9]. Buyuk Britaniyada lotereya chiptalarini aholining 2/3 qismi har hafta sotib oladi va lotereya tashkilotchisi 5 mlrd funtdan ortiq daromad qiladi. Sarflanayotgan bu mablagʻlar britaniyaliklarning non yoki kitobga sarflaygan pulidan koʻproqni tashkil qiladi[10].

Qimor oʻyinlari Singapur tarixining bir qismi boʻlib, u koʻp yillar davomida hukumat tomonidan qatʼiy nazorat qilingan. XX asr oʻrtalarida noqonuniy qimor oʻyinlari keng tarqalgan. Biroq, 2010-yilda tartibga solinuvchi kazinolarning ochilishi bilan yondashuv oʻzgargan. Bugungi kunda hukumat qimor oʻyinlarining noqonuniy faoliyatlari oldini olish uchun qatʼiy qonunlarni joriy etmoqda[11][12][13][14].

Amerika Qoʻshma Shtatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qimor oʻyinlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida asrlar davomida mashhur faoliyat boʻlib kelgan[15]. Shu bilan birga, u deyarli shuncha vaqt davomida koʻplab hududlarda qonun yoʻli bilan taʼqib ostiga olingan. XX asr boshlariga kelib, qimor oʻyinlari butun AQSH boʻylab deyarli bir xil ravishda noqonuniy deb topilgan[16][17]. AQSh aholisi koʻplab qimor oʻyinlariga 500 mlrd dollar sarflashi aniqlangan[18]. Statistika shuni koʻrsatdiki, soʻnggi yillarda AQShning 6 milliondan ortiq aholisi qimor oʻyinlari natijasida davolanishga muhtojligi bayon qilingan[19].

Oʻzbekiston hududida turli koʻrinishdagi qimor oʻyinlari tashkilotchisi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 75 ming (28,12 mlrd soʻm), lotereya tashkilotchisi esa bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravari (15 mlrd soʻm) miqdorida agentlikka zaxira mablagʻlarini qoʻyishlari mumkin[20]. Vazirlar Mahkamasining 176-sonli 2007-yil 16-avgustdagi qaroriga binoan, 2007-yil 1-sentabrdan boshlab respublikada qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan turli oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish taqiqlangan[21][22]. Raqobat qoʻmitasi tomonidan qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan xizmatlarni omma orasida eʼlon qiluvchi 30ga yaqin sayt bloklangani haqida axborot berilgan[23][24]. Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 191-moddasiga koʻra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan turli xil oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etgan shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin[25][26]. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarma boshligʻi Nodir Joʻrayevning aytishicha, bir yil davomida taxminiy hisobda qimor oʻyinlariga Oʻzbekistondan 300 million dollardan 1 milliard dollargacha boʻlgan mablagʻ chet elga chiqib ketishi kuzatilgan[27]. Ayniqsa, litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan turli online va offline qimor oʻyinlarida faqat 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin[28]. Qonunchilik palatasining 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan „Reklama toʻgʻrisida“gi qonunning 46-moddasida qayd etilishicha, Oʻzbekistonda koʻplab turdagi qimor oʻyinlari, telekommunikatsiya tarmoqlari hamda online tashkil etiladigan qimor oʻyinlarining reklamasi taqiqlangan[29][30].

Tartibga solish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻplab mahalliy va milliy huquqiy tizimlar qimor oʻynashni taqiqlaydi yoki sotuvchilarni litsenziyalash orqali qattiq nazorat qiladi. Bunday tartibga solish odatda qimorning rivojlanishiga va taqiqlangan hududlarda noqonuniy qimor oʻyinlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Hukumatlarning tartibga solish va soliq solish ishtiroki orqali bir qancha davlat va qimor tashkilotlari oʻrtasida yaqin aloqa oʻrnatilgan. Bunday holatlarda qonuniy qimor oʻyinlari Monako va Xitoyning Makao mintaqasida boʻlgani kabi davlat uchun sezilarli daromad manbai boʻlib xizmat qiladi.

Qimor oʻynash yosh chegarasi baʼzi yurisdiksiyalarda qimor turiga qarab farq qiladi. Masalan, Amerikaning koʻplab shtatlarida kazinoga kirish uchun 21 yoshdan oshgan boʻlish kerak. Ammo 18 yoshga toʻlgandan soʻng lotereya chiptasini sotib olish mumkin[31].

Diniy qarashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Max Kaur va diniy rahbarlar qimor oʻynashga qarshi norozilik bildirishyapti (Estoniyaning Tallin shahri)

Budda qimor oʻyinini Singalovada Sutrada halokat manbai deb taʼkidlagan.

Qadimgi hind sheʼriyatida, masalan, Gambler’s Lament (Qimorbozning shikoyati) va Mahabharata kabi asarlar qadimgi hindlar orasida qimor oʻynashning mavjudligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga uning yomon taʼsirini ham ifodalaydi.

Qadimgi yahudiy davlat organlari qimor oʻynashga salbiy qarashgan boʻlib, hatto ashaddiy qimorbozlarni sudda guvohlik berishdan ham mahrum qilganlar[32].

Protestantizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Protestantlar orasida qimorga boʻlgan munosabat turlicha. Xususan, baʼzi protestant jamoalari qimor oʻyiniga qarshi turgan yoki uni butunlay taqiqlagan. Metodistlar boʻlsa, zohiriy muqaddaslik gʻoyasidan kelib chiqib, qimorni qattiq qoralaydi. Chunki u hirs va ochkoʻzlikni qoʻzgʻatuvchi gunoh vositasi sifatida qabul qilingan. Qimorni rad etadigan boshqa diniy oqimlar qatoriga quyidagilar ham kiradi: Birlikdagi Metodistlar Cherkovi (United Methodist Church)[33], Erkin Metodistlar Cherkovi (Free Methodist Church)[34], Evangelik Vezliyan Cherkovi (Evangelical Wesleyan Church)[35], Najot Armiysi (Salvation Army)[36] va Nazarliya Cherkovi (Church of the Nazarene) kiradi[37].

Qimorni rad etadigan boshqa protestantlar qatoriga Mennonitlar, Schwarzenau birodarlari (Schwarzenau Brethren)[38], Kvakerlar[39], Shimoliy Amerika Xristian Reformatlashgan Cherkovi (Christian Reformed Church in North America)[40], Lutheran eʼtiqodiga rioya qiluvchi cherkov (Church of the Lutheran Confession)[41], Janubiy Baptistlar Kengashi (Southern Baptist Convention)[42] va Adventistlar cherkovi (Seventh-day Adventist Church) kiradi[43].

"Ulema" (arabcha: عُـلـمـاء, Islom olimlari) orasida qimor oʻynashning „haraam“ (arabcha: حَـرام, gunoh yoki man qilingan) ekanligi boʻyicha umumiy fikr mavjud. Qimor oʻynash taqiqlanganida, musulmon huquqshunoslari uni Qur’onga zid va musulmon ummatiga (arabcha: أُمَّـة, jamoa) zararli deb taʼriflaydilar. Qimor oʻynashning arabcha atamasi „Maisir“dir[44].

Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt[45][46].

— Baqara surasi 219-oyat

Butun Shariat qonunlari joriy etilgan joylarda, masalan, Achexda, musulmon qimorchilariga beriladigan jazolar 12 zarba qamchi yoki bir yilga qamoq jazosi hamda bunday amallarni oʻtkazish uchun joy taqdim etganlarga jarima solishni oʻz ichiga olishi mumkin[47]. Baʼzi islomiy davlatlar qimorni man etgan. Boshqa koʻplab mamlakatlar esa uni tartibga solgan[48].

Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz[49][50].

— Moida surasi 90-oyat

Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni istaydir. Endi to‘xtarsizlar?![51][52].

— Moida surasi 91-oyat

Bahá'í Faith

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqaddas Kitobning 155-bandiga koʻra, qimor oʻynash taqiqlangan.

Kazino oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har qanday oʻyinni pul tikib ham, shunchaki koʻngil uchun ham oʻynash mumkin. Biroq odatda pul tikib oʻynaladigan oʻyinlar kazinolarda oʻynaladi.

Stol oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Caesars saroyining asosiy favvorasi.
Yaponiyaning Tokio shahridagi pachinko zali
Mahjong toshlari

Elektron qimor oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Pachinko
  • Sic Bo
  • Slot mashinasi
  • Video poker
  • Video bingo

Boshqa qimor oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bingo
  • Keno

Kazino oʻyinlari boʻlmagan oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kazinodan boshqa oʻynaladigan qimor oʻyinlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Bingo (AQSh va Buyuk Britaniyada oʻynaladigan), „Dead pool“, lotereyalar, pull-tab oʻyinlari, scratchcards (skretch kartochkalari) hamda Mahjong.

Kazino boʻlmagan boshqa qimor oʻyinlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Tarixiy oʻyinlar – Basset, Ecarté, Lansquenet va Put kabi kazino boʻlmagan karta oʻyinlari[53].
  • Karnaval oʻyinlari – The Razzle yoki Hanky Pank.
  • Tanga uloqtirish oʻyinlari – Head and Tail, Two-up.
  • Shashqol oʻyinlariga asoslangan oʻyinlar – Backgammon, Liar’s dice, Passe-dix, Hazard, Threes, Pig, Mexico (yoki Perudo).

* Tanga uloqtirish odatda kazinoda oʻynalmasa-da, bu Avstraliyaning baʼzi kazinolarida rasmiy qimor oʻyini ekanligi maʼlum[54].

Qatʼiy stavkalar bilan tikish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻplab turdagi sport tadbirlari va siyosiy saylovlarda qatʼiy stavkalar bilan tikish va Parimutuel tikish tez-tez uchraydi.

Parimutuel tikish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qimorning eng keng tarqalgan shakllaridan biri ot yoki greshaund poygalariga pul tikishdir. Tikishlar parimutuel jamgʻarmalari orqali amalga oshirilishi mumkin yoki bukmekerlar shaxsiy ravishda tikishlarni qabul qilishi mumkin.

Sportga pul tikish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiyaning Tokio shahridagi Tokio poygasi

Jamoa sportlariga pul tikish koʻplab mamlakatlarda asosiy xizmat koʻrsatish sohasiga aylangan. Internet paydo boʻlishidan oldin, har hafta Buyuk Britaniyada millionlab odamlar futbol maydonlarida oʻynashgan.

Oʻzbekiston hududida totalizator bozoridagi oʻrganilgan tahlillarga koʻra, 2020—2024-yillar davomida sportga pul tikish koʻrsatgichi 134 milliard dollarga osishi prognoz qilingan[55].

Arbitrajli tikish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arbitrajli tikish – bu har bir hodisa natijasiga tikish qoʻyilib, voqea tugagach, oʻyinchi natijadan qatʼiy nazar maʼlum bir foyda olishi kafolatlangan nazariy jihatdan xavfsiz tikish tizimidir.

Boshqa turdagi pul tikishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spread betting qimor oʻynovchilarga voqea aniqligi asoslangan holda tikish imkonini beradi. Bu yerda yutuq toʻlovlari „yutish yoki yutqazish“ natijasidan farqli oʻlaroq oʻyinning aniq boʻlishiga asoslanadi.

Atamaning boshqa qoʻllanishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gloria Mundi – bu britaniyalik siyosatchi Charles James Foxning ruletka gʻildiragi ustida turib, Angliya va Yevropa materikini koʻrsatgan globus ustida turgan holatdagi karikaturasi. Bu tasvirda uning choʻntaklari orqali pulsiz holati koʻrsatilgan va bu holatning qimor oʻynash bilan bogʻliqligi taʼkidlanmoqda.

Garchi baʼzi investitsiyalar sezilarli ziyonni oʻz ichiga olsa-da, investitsiyalar odatda qimor oʻynash deb hisoblanmaydi. Investitsiyalarga misollar sifatida aksiyalar, obligatsiyalar va koʻchmas mulk kiradi. Biznes boshlash ham investitsiyaning bir shakli deb hisoblanishi mumkin. Investitsiyalar odatda quyidagi mezonlarga javob berganda qimor oʻynash deb hisoblanmaydi:

  • Iqtisodiy foyda
  • Ijobiy kutilgan daromad (kamida uzoq muddatda)
  • Tavakkalchilikdan qatʼiy nazar qabul qilinishi mumkin boʻlgan asosiy qiymat

Baʼzi spekulyativ investitsiya faoliyati xavfli boʻlib, baʼzan qimor oʻyinlaridan farq qiladi:

„Levant“ yoki „levanting“ – bu tikish natijasidan soʻng qochishni bildiradi[56].

Salbiy oqibatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muammoli qimor oʻyinlarining bir nechta alomatlari bor. Qimorbozlar koʻpincha yoʻqotgan pullarini qaytarish uchun yana qimor oʻynashadi. Baʼzilari esa umidsizlik va xavotirni yoʻqotish uchun qimor oʻynashadi[57].

2020-yilda 32 ta davlatda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatganki, maʼlum bir mamlakatda qimor oʻyinlari qanchalik koʻp boʻlsa, mamlakatning fond bozoridagi narxlar shunchalik oʻzgaruvchan boʻlgan[58].

Qimorga qaramlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qimorga qaramlik – bu turli zararli psixologik, jismoniy va ijtimoiy oqibatlarni keltirishi mumkin boʻlgan progressivgiyohvandlik[59]. Xususan, dunyoda turli qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar rivojlangan boʻlib, ular marketing va reklamaga Coca-Cola va Pepsidan keyin eng koʻp mablagʻ ketgizadigan tashkilotlar sirasiga kiradi[60]. Jumladan, Oʻzbekiston hududida oʻtkazib borilayotgan „Boriga baraka“ teleshousi ham qimorning bir turiga kiradi[61]. „Shayx Zayniddin“ jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon oʻgʻli taʼkidlaganidek, futbol oʻyinlariga pul tikish ham qimor oʻyinlarining bir turi hisoblanadi[62]. Tashkillashtirilgan qimor oʻyinlari sababli Oʻzbekiston hududida 2019-yilda 55 ta, 2020-yilda 86 ta, 2021-yilda 103 ta, 2022-yilning 6 oyida 90 ta turli jinoyatlar qayd qilingan. Ayniqsa, 2021-yilda 6 nafar va 2022-yilning 6 oyida 6 nafar 25 yoshgacha boʻlgan fuqaro oʻz joniga qasd qilgan[63]. Bukmeykerlik va totalizatorlar sport oʻyinlari asosida insonda muhtojlik va umidsizlik holatlarining kuzatilishi bilan birga, ushbu holatda inson depressiya, migren, ichak kasalliklari va stress kabi boshqa kasalliklarga ham chalinishi mumkin[64]. Qimorga qaramlik tobora oshib borgani sari moliyaviy qiyinchiliklar va umidsizlik natijasida jamiyatda huquqbuzarlik, jinoyatlar va oilalarning buzilishi kuzatilishi mumkin[65][66]. Misol uchun, AQShning Atlantik Siti kazinolarida olib borilgan tadqiqotga koʻra, 1982—1986-yillar davomida kazinolarda kuzatilgan 398 ta oʻlimdan 330 tasi (taxminan ushbu oʻlim holatlarining 83 foizi) yurak xuruji oqibatida yuz berganligi aniqlangan[67].

  1. „You bet“ (2010-yil 8-iyul). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Schwartz, David. Roll The Bones: The History of Gambling. Winchester Books, 2013. ISBN 978-0-615-84778-8. 
  3. Murdoch, James. A History of Japan, reprint, London: Psychology Press, 1926 — 325–326-bet. ISBN 978-0-415-15417-8. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel. „Many Japanese are naturally prone to gambling; in the old Kyoto court the vice was rife, and in the fourteenth and fifteenth centuries samurai would often stake their arms, armour, and horse trappings on a cast of the dice, even on the eve of a battle, and so have to go into action in incomplete panoplies, and sometimes with no armour at all. In Tokugawa times the vice did not reach this extent among the samurai, but it became common in Yedo and continued to be so throughout the history of the city.“ 
  4. Wilkins, Sally. Sports and Games of Medieval Cultures. Greenwood, 2002. ISBN 978-0-313-36079-4. 
  5. Thomassen, Bjørn. Liminality and the Modern: Living Through the In-Between. Ashgate Publishing, Ltd., 2014 — 160-bet. ISBN 978-1-4094-6080-0. 
  6. Roger Munting, An economic and social history of gambling in Britain and the USA. (Manchester UP, 1996).
  7. Mike Huggins, Flat racing and British society, 1790-1914: A social and economic history (Routledge, 2014).
  8. David Forrest, „An economic and social review of gambling in Great Britain.“ Journal of Gambling Business and Economics 7.3 (2013): 1-33.
  9. „Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning jiddiy oqibatlari“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 14-dekabr.
  10. „Qimor o‘yinlarining foyda va zararlari“. aniq.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  11. „Asia Sentinel - Independent news and analysis about Asia's politics, economics, culture and more“. Asia Sentinel. 2010-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
  12. Prime Minister Lee Hsien Loong. „Proposal to develop Integrated Resorts“. Developing Industries > Integrated Resorts > Ministerial Speeches & Comments. Ministry of Trade and Industry, Singapore (2005-yil 18-aprel). — „The first question was whether to have IRs at all. The answer was yes. Having settled that, the next question was whether to have one or two IRs. We decided on two IRs, because the Bayfront and Sentosa projects complement each other, because having two provides competition and critical mass, and because we believe that two projects will bring more economic benefits, without increasing the social cost commensurately; After weighing the matter carefully, the Cabinet has collectively concluded that we had no choice but to proceed with the IRs. As Prime Minister, I carry the ultimate responsibility for the decision.“. 2007-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 17-yanvar.
  13. Tan, Theresa. „Floating casino draws Singaporeans who loath to pay 900 levy at home“ (en). The Straits Times (2015-yil 15-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
  14. Auto, Hermes „New laws on social gambling in Singapore to take effect from Aug 1 | The Straits Times“ (en). www.straitstimes.com (2022-yil 31-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  15. Roger Munting, An economic and social history of gambling in Britain and the USA. (Manchester U. Press, 1996).
  16. „History of Gambling in the United States“, Gambling in California. California State Library, March 1997.  (Wayback Machine saytida 2009-10-08 sanasida arxivlangan)
  17. E.g., Constitution of Louisiana, 1974, Art. VII, Sec. 6(B).
  18. „Qimor o‘yinlarining foyda va zararlari“. aniq.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  19. „Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  20. „Hukumat qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi“. spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  21. „QIMOR O‘YINLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNI YANADA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  22. „O‘zbekiston kartalaridan onlayn qimor o‘yinlariga transchegaraviy o‘tkazmalar taqiqlandi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  23. „Bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 30ga yaqin sayt bloklandi“. spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  24. „Ўзбекистон карталаридан онлайн қимор ўйинларига трансчегаравий ўтказмалар тақиқланди“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  25. „Hukumat qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi“. xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  26. „Qimor o'ynash qanday javobgarlik keltirib chiqaradi?“. surxondaryo.adliya.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  27. „O‘zbekistonda qimor o‘yinlariga nega qonuniy ruxsat berildi?“. uz24.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  28. „O‘zbekistonda 2025-yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  29. „Ўзбекистон карталаридан онлайн қимор ўйинларига трансчегаравий ўтказмалар тақиқланди“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  30. „Реклама тўғрисида Ўзбекистон Республикасининг Қонуни“. lex.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  31. Rose, I. Nelson. Pathological Gambling: A Critical Review. Washington, D.C., USA: National Academies Press, 1999. ISBN 9780309065719. 
  32. Berel Wein. „Gambling“. torah.org. 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-iyul.
  33. „Book of Resolutions: Gambling“.
  34. „The Free Methodist Church (UK) | Why we don't encourage gambling“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
  35. The Discipline of the Evangelical Wesleyan Church (en). Evangelical Wesleyan Church, 2015 — 60–61-bet. 
  36. „Why Donʼt Salvationists Drink, Smoke or Gamble?“ Water Beach and Soham Salvation Army Community Church (WaterBeachSalvationArmy.org.uk). Archived 13 February 2016.
  37. „The Church of the Nazarene, Doctrinal and Ethical Positions“.
  38. Dunkard Brethren Church Polity. Dunkard Brethren Church, 1 November 2021 — 8-bet. 
  39. „Quaker View of Gambling“.
  40. „Gambling“ (2012-yil 26-iyun).
  41. „Gambling“.
  42. „Southern Baptist Convention > Resolution on Gambling“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
  43. „Seventh-Day Adventist Church Position On Gambling“. St. Vincent Times (2019-yil 28-fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  44. Morrison, Rod. The Principles of Project Finance, 2012 — 50-bet. 
  45. „Qimor o‘yinlarining foyda va zararlari“. aniq.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  46. „Қимор“. islom.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  47. Feener, Michael. Sharia and Social Engineering, 2013 — 145-bet. 
  48. „International Association of Gaming Regulators: Members“. 2012-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  49. „Musulmonlar idorasi: Telegram’dagi pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlar qimor hisoblanadi“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  50. „Қимор“. islom.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  51. „Fatvo: Totalizator o‘yinlarini o‘ynash va reklama qilish – shar'an harom“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  52. „Қимор“. islom.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  53. Parlett, David (1991). A History of Card Games. Oxford, NY: OUP. p. 324.
  54. „The Game of Two up“. Gambling Info. 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-sentyabr.
  55. „Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  56. Andoza:Oed
  57. „Symptoms and causes“. Mayo Clinic.
  58. Blau, Benjamin M.; Whitby, Ryan J. (2020-09-01). "Gambling activity and stock price volatility: A cross-country analysis" (en). Journal of Behavioral and Experimental Finance 27: 100338. doi:10.1016/j.jbef.2020.100338. ISSN 2214-6350. http://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2214635019302965. 
  59. „Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  60. „Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  61. „“Boriga baraka” shousi shartlari qimorga kiradimi?“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  62. „Futbol jamoalariga pul tikish qimor ekanligi aytildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  63. „Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda“. qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  64. „Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  65. „Қимор ўйинлари“. islommoliyas.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  66. „Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  67. „Bu masalada o‘rganishlar, tadqiqotlar olib borilmaydi yoki ommaga oshkor qilinmaydi. Onlayn qimorga mukkasidan ketishning sabab va oqibatlari“. oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Chambers, Kerry. Gambling for profit: Lotteries, gaming machines, and casinos in cross-national focus (U of Toronto press, 2011).
  • Ferentzy, Peter, and Nigel Turner. „Gambling and organized crime-A review of the literature.“ Journal of Gambling Issues 23 (2009): 111–155.
  • Ferentzy, Peter, and Nigel E. Turner. A history of problem gambling (Springer-Verlag, 2013) (Wayback Machine saytida 4 November 2018 sanasida arxivlangan)
  • Haller, Mark H. „The changing structure of American gambling in the twentieth century.“ Journal of Social Issues 35.3 (1979): 87–114.
  • Richard, Brian. „Diffusion of an economic development policy innovation: Explaining the international spread of casino gambling.“ Journal of Gambling Studies 26.2 (2010): 287–300. Online
  • Schwartz, David G. Roll The Bones: The History of Gambling (2006), scholarly history with global perspective excerpt
Ushbu maqolani tinglang (15 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 18-dekabr, 2024-yil(2024-12-18) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.