Kontent qismiga oʻtish

Qirgʻovullar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qirg`ovullardan yoʻnaltirildi)
Binar nomi

(Linnaeus, 1758)
Species

Qirgʻovullar, tustovuqlar — qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 2 turi maʼlum. Tanasining uz. 85 sm, ogʻirligi 1,7–2 kg. Modasi naridan kichik. Nari yorqin tusda, metalldek yaltiraydi. Modasi kulrangsargʻish. Oddiy qirgʻovulning 30 ga yaqin kenja turi mavjud. Kavkazdan Yaponiyagacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Kaspiyning jan.-sharqiy qismidan Issiqkoʻlgacha boʻlgan hududlarda uchraydi. Zarafshon bu yurtmaxonasi, shuningdek, ovchilik xoʻjaliklarida Q. koʻp. Oʻrmon hamda ekin maydonlari atrofidagi, daryo va koʻl qirgʻogʻidagi chakalakzor toʻqaylarda yashaydi. Uyasini yerga yasaydi. 8—18 ta tuxum qoʻyib, 24— 25 kun bosadi. Urugʻ, meva, kurtak, hasharot, chuvalchang va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Goʻshti va pari uchun ovlanadi. Q. koʻpgina ovchilik xoʻjaliklarida koʻpaytiriladi. Koʻplab ovlangani sababli joylarda Q. soni kamayib ketgan. Biroq Q.ga sharoit yaratilsa, sonini tez tiklash xususiyatiga ega. Yaponiyada yashil qirgʻovul tarqalgan.