Kontent qismiga oʻtish

Qirma temiratki (kasallik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qirma temiratki, mikrosporiya — odam va hayvonlarda uchraydigan terining zamburugʻ kasalliklaridan. Parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Ular nafaqat teriga, balki soch, qosh, soqolmoʻylov, baʼzan tirnoqqa ham zarar yetkazadi. Qirma temiratki (kasallik) ni qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlarning ikki turi faqat odamda parazitlik qiladi va bu zamburut qoʻzgʻatadigan kasallik juda yuqumli boʻlib, koʻpincha bolalarda uchraydi. Qirma temiratki (kasallik) bemor bilan muloqotda boʻlganda uning buyumlaridan yuqadi. Zamburuglarning boshqa guri mushuk, ot va boshqa moʻynali hayvonlar terisi va moʻynasida parazitlik qiladi. Bunda Qirma temiratki (kasallik) kasal hayvonlarni parvarish qilganda yoki ularning yungidan zararlangan buyumlardan yuqadi, unda, asosap, silliq gsri va sochlar zararlanadi. Qirma temiratki (kasallik)da silliq teri yoki boshningsochli qismi qipiqlanib turadigan pushti rang mayda dogʻlar bilan qoplanadi. Kasallangan joydagi sochlar sinib, kalta boʻlib qoladi (goʻyo soch olinganga oʻxshaydi). Bazan, yalligʻlanish, qizarish, follikulitlar paydo boʻlib, kasallik manzarasi yiringli trixofitiyaga oʻxshab ketadi. Kasallanish oʻchogʻi talaygipa boʻlgan bemorlar kasalxonada davolanadi. Asosan. antibiotiklar qoʻllanadi.