Kontent qismiga oʻtish

Qiroatxona

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qiroatxona — kutubxonaning oʻquv zali; kitobxonlar matbuot nashrlari (gazeta, jurnal va boshqalar) va kutubxonaning barcha fondidan (jumladan, noyob va qimmatbaho nashrlardan ham) foydalanishi mumkin boʻlgan maxsus jihozlangan xona. Q.da kitob bilan ishlash uchun zarur shart-sharoitlar (qulay mebel, yorugʻlik va tinchlik), mikrofilmlarni oʻqish uchun, audiovizual materiallar bilan ishlash uchun maxsus apparatlar boʻlishi zarur. Yirik kutubxonalarda alohida kitobxonlar guruhlari uchun (mas, ilmiy xodimlar, talabalar, maktab yoshidagi bolalar uchun va hokazo), bilim sohalari boʻyicha (ijtimoiy-siyosiy, texnika, qishloq xoʻjaligi va hokazo) va nashr turlari boʻyicha (gazeta, musiqa-nota, mikrofilmlar, xaritagrafik nashrlar va hokazo) zallar boʻlishi mumkin. Q.ning oʻzida koʻp soʻraladigan adabiyotlardan yordamchi fond tashkil etiladi.