Kontent qismiga oʻtish

Qirol Ioann qal’asi Limerik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qirol Ioann Yersiz qal’asi (inglizcha: King John's Castle) — Limerikdagi Qirol orolida, Shannon daryosi boʻyida joylashgan qasr. XIII asrda[1] qurilgan. 1200-1212-yillarda bu yerda ilgari mavjud boʻlgan tuproq istehkomlar oʻrnida barpo qilingan. Keyingi asrlarda qasr takror-takror kengaytirilib, qayta qurilgan[2].

1642-yilda Kromvelning Irlandiyani egallashi bilan bogʻliq hujumlarda shahar ham, qal’a ham vayron boʻlgan. Hozirgi vaqtda qal’a hududida 1000 ga yaqin obyekt, jumladan, Limerik egallangan davrlarga doir odam skeletlari topilgan[2].

Qal’adan unchalik uzoq boʻlmagan joyda qasr qoldiqlari topilgan. Bundan tashqari, vikinglarga tegishli uylar, qal’a oʻrnida istehkomlar qoldiqlari aniqlangan; qal’a yonida 1690-1691-yilgi Limerik bitimi (Ikki qirol urushi) imzolangan deb ishoniladigan tosh ham bor[2].

  1. „King John's Castle“ (en). 2011-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 „KING JOHN’S CASTLE History“ (en). 2011-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-fevral.