Kontent qismiga oʻtish

Qirolicha mod yeri

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qirolicha mod yeri - Sharqiy Antarktidaning 20° gʻ.u. va 45° shq.u.lar oraligʻidagi qismi. Shim.dan Lazarev, Riserlarsen va Kosmonavtlar dengizlari oʻrab turadi. Yer yuzasi 3500 m qalinlikdagi muz bilan qoplangan. Sohilboʻyi qismida balandligi 3000 m va undan yuqori boʻlgan alohida togʻ choʻqqilari uchraydi. Rossiya, Germaniya, Hindiston, JAR, Yaponiya davlatlarining ilmiy st-yalari ishlab turibdi. 1930-yilda norveglarning Riserlarsen ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va Norvegiya qirolichasi nomi bilan atalgan.