Kontent qismiga oʻtish

Qirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qirov — ayozli, havo ochiq va sokin (shamolsiz) tunlarda tuproq, oʻt va yerdagi narsalar ustida hosil boʻladigan muz kristallari. q. zarralari qor uchqunlariga oʻxshaydi, lekin ulardan farqli ravishda jimjimador boʻlmaydi. Q. ham shudring singari, havoning sovishi, maʼlum yuza ustida suv bugʻining toʻyinishi va 0° dan past temperaturada qotishi oqibatida paydo boʻladi. Koʻpincha, kunduzi erib ketadi.