Kontent qismiga oʻtish

Qirqboʻgʻim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qirqboʻgʻim – qirqboʻgʻimdoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda dala qirqboʻgʻimi va tarnovchoʻp qirqboʻgʻim turlari uchraydi. Poyasi qattiq, tik, boʻgʻimli, qobirgʻali, sershox. Boʻyi 40-60 sm. Boʻgʻimlaridan gʻuj shoxchalar chiqadi. Qizgʻish-qoʻngʻir novdalari uchida sporali boshoq hosil boʻladi. Ildizpoyalari va sporalari koʻpayadi. Qirqboʻgʻim bedazor, paxta maydonlari, sholipoyalarda, shuningdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylari, zax va botqoq yerlarda oʻsadi.

Kurash choralari: yerni chuqur haydash; tuproqni yumshatish; gerbitsidlar purkash.