Kontent qismiga oʻtish

Qirqquloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qirqquloqqirqquloqdoshlarga mansub oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda Qirqquloqning botqoq Q.i yoki botqoq paparotnigi va erkak Qirqquloq yoki erkak paparotnik turi oʻsadi. Botqoq Qirqquloqning ildizpoyasi ingichka, qoramtir, eski barg bandlari bilan oʻralgan. Barglari 15—60 sm, yakka-yakka joylashgan, barg plastinkasi qatlami, ikki karra patsimon qirqilgan. Avgust—sentabrda spora hosil qiladi. Choʻl, adir va togʻ zonalarida uchraydi. Botqoqliklarda, ariq va daryo boʻylarida oʻsadi. Erkak qirqquloqning ildizpoyasi yoʻgʻon, eski barg bandlari bilan oʻralgan. Barglari toʻp-toʻp boʻlib joylashgan. Barg plastinkasi uzunchoq ellipssimon, ikki karra patsimon qirqilgan. Avgust-sentabrda spora hosil qiladi. Tibbiyotda lentasimon gijjalarni davolashda foydalaniladi. Togʻ zonasida mayda toshli tuproqlarda, daraxt va toshlarning soyasida, zax joylarda oʻsadi.