Kontent qismiga oʻtish

Qisqichbaqali kotlet

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qisqichbaqali kotlet (inglizcha: crab cake ― qisqichbaqa goʻshti,qotgan non boʻlaklari, mayonez, xantal (odatda tayyorlanadigan xantal, lekin baʼzan xantal kukuni), tuxum va ziravorlar kabi boshqa ingredientlardan tayyorlanadi. Kotletni dimlashadi, duxovkada pishirishadi, gril yoki frityurda qovurishadi. Mazkur taom Amerika Qoʻshma Shtatlarida, Chesapeake koʻrfazi atrofidagi hududda, xususan, Merilend va Virjiniya shtatlarida keng isteʼmol qilinadi[1][2].

"Qisqichbaqali kotlet" atamasi dastlab 1939-yilda Crosby Gagening Nyu-Yorkdagi Butunjahon yarmarkasining oshxona kitobi"da, " Baltimor qisqichbaqali kotleti" sifatida keltirilgan[3] va shuningdek, 1891-yilda nashr etilgan Tomas J. Murrayning "Qovurma taomlar kulinariyasi" kitobida ham uchratish mumkin[4].

Qisqichbaqali kotletlari, AQShda ayniqsa, Oʻrta Atlantika va Janubiy Atlantika shtatlari qirgʻoqlarida, qisqichbaqa sanoati rivojlangan yerlarda mashhurdir. Ularni shuningdek, Yangi Angliyada, Meksika koʻrfazi sohilida, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismida va Shimoliy Kaliforniya qirgʻoqlarida tez-tez uchratish mumkin. Koʻpgina restoranlar va baliq bozorlari qisqichbaqli kotletlarini "Merilend qisqichbaqali kotleti" yoki "Merilendcha qisqichbaqali kotlet" deb reklama qiladilar.

Qisqichbaqaning har qanday turidan olingan goʻshtdan foydalanish mumkin boʻlsa-da, Chesapeake koʻrfazida yashaydigan koʻk yoki moviy rang Qisqichbaqa eng yaxshi taʼm beruvchi va eng koʻp foydalaniladigani hisoblanadi. Tinch okeanining shimoli-gʻarbi va shimoliy Kaliforniyasidagi restoranlarda Dungeness qisqichbaqasini maʼqul koʻrishadi[5].

Odatda Osiyodan import qilinuvchi arzonroq variant koʻk suzuvchi qisqichbaqadan foydalanish ham keng yoʻlga qoʻyilgan. Xorijdagi mahsulot koʻpincha AQShda qoʻllanishi mumkin boʻlmagan usullar va amaliyotlar yordamida qoʻlga kiritiladi. Chunki Aqshda Qisqichbaqa sanoati barqarorlikni taʼminlash maqsadida qattiq nazorat qilinadi.

Yaponiyadagi Misawa havo kuchlari bazasidagi qisqichbaqali kotletlar

Kotletlar qiyma goʻshtdan tayyorlanadi, buning uchun qisqichbaqa goʻshti eziladi, soʻngra unga boshqa ingredientlar qoʻshiladi.

Kotlet ichiga qoʻshimcha mahsulotlar solinmasdan ham qisqichbaqaning yirik goʻsht boʻlaklaridan tayyorlanadi. Soʻng laganda yoki sendvich ichida beriladi.

Baʼzi mamlakatlarda qisqichbaqa goʻshti oʻrnini bosuvchi sifatida Qisqichbaqa tayoqchalaridan foydalanishadi[6].

Odatda garnirga kartoshka frisi, kartoshka, karamli yoki makaron salat bilan birga dasturxonda uzatiladi. Restoranlarda ushbu taom limon boʻlagi va shoʻr krekerlar bilan, baʼzan esa remulad, tartar sousi, xantal, kokteyl sousi, ketchup yoki vuster sousi kabi boshqa souslar bilan beriladi. Qisqichbaqali kotletlar kichik pechene hajmidan gamburgergacha boʻlgan oʻlchamlarga ega boʻladi.

  1. Stern, Jane. 500 Things to Eat Before It's Too Late: and the Very Best Places to Eat Them. Houghton Mifflin Harcourt, 4-Jun 2009-yil — 81-bet. ISBN 9780547416441. 
  2. „The History of Maryland Crab Cakes - Brookside Inn Restaurant - Oxford“ (en). nearsay.com. Qaraldi: 2020-yil 12-may.
  3. GourmetSleuth „Crab Cakes“ (en-US). Gourmet Sleuth. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
  4. Murrey, Thomas. Cookery with a Chafing Dish. F.A. Stokes Company, 1891 — 16-bet. 
  5. Spiegel, Anna. „New DNA Study Finds Impostor Foreign Crab Filling Maryland Crab Cakes“. The Washingtonian (1-aprel 2015-yil). 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  6. „Крабовые котлеты — 7 простых пошаговых рецептов“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.