Qiyom Nazarov
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qiyom Nazarov (1958-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tugʻilgan) — faylasuf, falsafa fanlari doktori, professor. 1975—1980-yillarda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) falsafa va iqtisod fakultetida „falsafa“ ixtisosligi boʻyicha oʻqigan va unga „Faylasuf“, „Falsafa oʻqituvchisi“ ixtisosligi boʻyicha diplom berilgan. Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati raisi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1980—1995-yillar Toshkent davlat agrar universiteti assistenti, dotsenti, kafedra mudiri;
- 1995—1997-yillar OʻzFA Falsafa va huquq instituti katta ilmiy xodimi;
- 1997—2002-yillar Oʻzbekiston Prezidenti Devonida yetakchi konsultant;
- 2000-yildan Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati raisi, shu nomli nashriyot tashkilotchisi;
- 2002—2005-yillar OʻzFA Falsafa va huquq instituti direktori;
- 2003-yil „Falsafa va huquq“ jurnali tashkilotchisi va birinchi bosh muharriri;
- 2004—2013-yillar OʻzLiDeP raisi oʻrinbosari (jamoatchilik asosida);
- 2005—2012-yillar Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori;
- 2012—2016-yillar erkin ijodkor va mustaqil tadqiqotchi;
- 2017-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti milliy tadqiqot universiteti „Gumanitar fanlar“ kafedrasi professori.
Ilmiy yoʻnalishi va tadqiqot mavzulari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon va oʻzbek falsafasi, falsafa tarixi va nazariyasi, uning paradigmalari va konseptual muammolari, ijtimoiy falsafa, borliq va bilish falsafasi, maʼnaviyat falsafasi, gʻoyalar falsafasi, qadriyatlar falsafasi va taʼlim islohotlari, koʻppartiyaviylik va siyosiy partiyalar faoliyati yoʻnalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib boradi.
Himoya qilgan dissertatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Qishloq yoshlari ijtimoiy faolligini oshirish muammolari“ mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi
- „Qadriyatlar tizimi: barqarorlik va oʻzgarishlar dialektikasi“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini
Chop etilgan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Qadriyatlar falsafasi“ (1990), „Umuminsoniy qadriyatlar va maʼnaviy kamolot“ (1992), „Qadriyatlar tizimining barqarorligi va oʻzgarishlari“ (1994), „Aksiologiya“ (1998), „Bilish falsafasi“ (2005), „Borliq falsafasi“ (2006), „Gʻoyalar falsafasi“ (2011), „Qadriyatlar falsafasi“ (2011), „Falsafa asoslari“ (2002, 2014), „Oʻzbek falsafasi“ (2014), „Demokratik islohotlar va koʻppartiyaviylik tamoyili“ (2015) nomli kitob, qoʻllanma va monografiyalar muallifi. „Falsafa: qomusiy lugʻat“ (2004), „Falsafa asoslari“ (2004), „Gʻarb falsafasi“ (2005), "Jahon falsafasi tarixidan lavhalar " (2004), „Boshqaruv va rahbarshunoslik fanlari“ (10 ta darslik, 2007—2008), „Maʼnaviyat: asosiy atamalar lugʻati“ (2010, 2014, 2017, 2021) kitoblari loyihalari muallifi, tuzuvchisi va hammuallifi. „Milliy istiqlol gʻoyasi“ (14 risola), „Maʼnaviyat va yangilanayotgan jamiyat“ (16 risola), „Demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyati“ (22 risola) kabi turkum risolalar, „Boshqaruv va rahbarshunoslik fanlari“ (10ta monografik darsliklar) turkum asarlari tuzuvchisi, mas’ul muharriri va hammuallifi. „Jahon falsafasi qomusi“ (1 va 2 jildlar, 2017, 2020, 2023), „Falsafa asoslari“ (darslik, 2012, 2018), „Milliy gʻoya va Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi“ (oʻquv qoʻllanmasi, 2019, 2020), „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ (kitob-albom, 2020), „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti tarixi“ (2020), „Maʼnaviyat atamalar lugʻati“ (hammualliflik) asarlari.