Qiz qal'asi (Mersin)
Qiz qal'asi - Mersinning Erdemli tumanida joylashgan tarixiy qal'adir. Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻidan 300 m uzoqlikdagi orolda joylashgan qal'a orolning katta qismini (15 000 m²) egallaydi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mersin markazigacha masofa 80 km ga yaqin, Turistik shaharcha oʻz nomini Qizkalesi deb atagan boʻlsa-da, qadimgi davrlarda qaroqchilar tomonidan foydalanilgan orol, birinchi salib yurishidan keyingi davrda Aleksios I davrida qurilgan.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻnggi yillarda qayta tiklangan Qizkalesi sakkizta minorasi saqlanib qolgan. Qal'aning tashqi perimetri 192 metrni tashkil qiladi.
Afsona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korikos shohi har doim farzand tilab duo qilgan. Oxir-oqibat uning orzusi ijobat boʻlib, qizli boʻlgan. Podshohning qizi ulgʻaygan sari goʻzal boʻlib boraveradi. Uning shon-shuhratini eshitgan podshohlar va shahzodalar unga uylanmoqchi boʻlishadi.
Kunlarning birida Qorikos shahridagi shoh saroyga bir bashoratchini taklif qilishadi. Podshohning qizini koʻrgan bashoratchi choʻchib ketadi. Podshoh boʻlgan voqeani aytib berishga majburlaganida, u: “Qizingni ilon chaqib, oʻladi. Bu qismatni hech kim sindira olmaydi va siz ham oldini ololmaysiz”.
Shundan soʻng, podshoh Korikos qal'asi qarshisidagi qirgʻoqqa yaqin joylashgan kichik orolda qasr qurdiradi. Xizmatkorlar bilan birga qizini shu qasrda saqlagan. Bir kuni qiz saroydan joʻnatilgan uzum toʻla savat ichidan ilon chiqib, uni tishlaydi va qiz biroz vaqt oʻtmay vafot etadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Türk Dünyasında Kız Kalesi Adlandırmalarının Kaynağı ve Bunlara Dair Anlatılan Efsanelerin Teşekkülü Üzerine Yard. Doç. Dr. Mehmet EROL, Milli Folklor Dergisi, Sayı: 65
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Erde"Qiz qal'asi" nomlarining kelib chiqishi, İlkay Aydin 2020 21 Nisan 2020 tarihinde