Qizil dum
Qiyofa
Qizil dum — kapalak turi. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Gʻarbiy Sibirning Yevropa qismida, Uzoq Sharqda va Oʻrta Osiyo togʻlarida uchraydi. Erkagining qanotlari yoyilganda 45 mm cha, urgʻochisiniki 60 mm cha; oldingi qanotlarida 2—3 ta qora yoʻl bor, orqa qanotlari kulrang. Qurti (5 sm cha) sertuk sargʻishyashil rangli, yelkasida sariq tuklarning choʻtkasimon 4 toʻpi, tanasining oxirgi uchida qizil zaharli tuklari (odam terisiga tegsa yalligʻlantiradi) boʻladi (nomi shundan). Oʻsimlik barglari bilan oziqlanib, oʻrmon va bogʻlarga zarar keltiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |