Kontent qismiga oʻtish

Qizil lola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Greyg lolasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Lola
Oila: Loladoshlar
Binar nomi
Tulipa greigi

Greyg lolasi (lotincha: Tulipa greigi) – bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati hududidagi togʻ tizmalarida tarqalgan[1].

Boʻyi 10-45 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Popuk ildiz tizimiga ega. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq, tashqi qobigʻi qalin charmsimon. Barglari 3-4 dona, bandsiz, egri-bugri, yuqori qismida siyohrang dogʻlari bor, pastki tomoni bilan poyani oʻrab oladi, ketma ket joylashgan. Gullari yakka, ikki jinsli. Gulqoʻrgʻoni oddiy, oʻzaro qoʻshilmagan, erkin. Gultojibarglari toʻq qizil, toʻq sariq dogʻlari bor. Gulning tubida tuxumsimon qora dogʻlar koʻzga tashlanadi. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Hasharotlar yordamida changlanadi. Aprel may oylarida gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Mevasi quruq koʻsak meva. Urug‘i va piyozchalari orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda yakka-yakka yoki 3-4 tadan toʻda hosil qolib oʻsadi. Toshkent viloyati hududida 100.000 tupi borligi aniqlangan. Guli va piyozchalarining yigʻib olinishi va oʻsish hududida chorva mollarining boqilishi tufayli areali qisqarib ketgan. Togʻlarning pastki qismlaridagi shagʻalli va unumdor tuproqli yonbagʻirlarda oʻsadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida 1956-yildan beri ekib oʻstirilmoqda. Chotqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom Chatqol davlat milliy tabiat bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Tulipa greigii Regel“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.