Kontent qismiga oʻtish

Qo'shimcha arxitektura

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Utzonning Jiddadagi sport stadioni modeli (1967)

Qo'shimcha arxitektura — bu daniyalik arxitektor Jørn Utzon tomonidan tabiatdagi o'sish naqshlari asosida me'moriy loyihalarni ishlab chiqishni tasvirlash uchun qo'llaniladigan yondashuv asosida yaratilgan ajoyib ediki, bir qarashda insonni o'ziga rom qiladigan san'at asarlaridan biri hisoblanadi.

Utzonning eng yaqin hamkasblaridan biri Mogens Prip-Buusning xabar berishicha, bu atama 1965-yilda Utzonning Sidney ofisida Buyuk Britaniya va Daniyadagi ijtimoiy tuzilmalar muhokamasidan so'ng, Utzon to'satdan o'rnidan turdi va devorga "Qo'shimcha arxitektura" deb yozganida bu g'oya paydo bo'lgan. U bu devorga yozilgan yozuvni chuqur o'ylab turib, mag'zini chaqdi. U ibtidoiy jamiyatlarda oila, qishloq va atrofdagi dunyo o‘rtasidagi o‘tishlar farqlar, munosabatlar va masofalarni ochib beruvchi ko‘zga ko‘rinarli aloqalarga ega bo‘lganidek, u o‘zining me’morchiligi ham xuddi shu tamoyilni aks ettirganini tushunganligini xis qilgan edi[1].

Utzon Xitoy ibodatxonalarida qo'shimcha yondashuvni kuzatib, ularning yog'och konstruktsiyalari asosan bir xil bo'lganligini bilib, faqat binoning kattaligi bilan farqlanadi degan fikrga keldi. 1970–yilda o'zining "Qo'shimcha arxitektura" manifestida u bizga o'rmon chetidagi kiyiklar guruhida yoki plyajdagi shag'allarda aks etgan hodisani qanday ko'rganligi haqida gapirib, uni binolarni qurishdan ko'ra erkinroq loyihalash kerakligiga ishontirishga harakat qildi va u buni uddaladi. Ilgari, 1948–yilda u xuddi shu fikrlarni "Arxitekturaning eng ichki mavjudoti" nomli inshosida shunday ifodalagan edi: "Tabiatdagi o'sish printsipida topilgan tabiiylikdan bir narsa me'morchilik asarlarida asosiy g'oya bo'lishi kerak" deb yozib ketgan edi.

Qo'shimcha yondashuvni qo'llashni Utzonning ko'plab ishlarida ko'rish mumkin. Jumladan Kingo uylari bilan boshlangan hovli uy-joy sxemalari, Sidney opera teatri plitkalari va uning Jiddadagi sport majmuasi uchun dizaynlarini ko'rishimiz mumkin edi. Utzonning 1945–yilda krematoriy uchun dastlabki tanlov loyihasi ham uning yondashuviga misol bo'la olishini isbotlab berdi. Binoning mustaqil devorlari vaqt o'tishi bilan kengaytirilishi mumkinligini ham ta'kidladi. Keyin har bir krematsiya uchun yangi g'isht qo'shilishini ham aytib o'tgan edi[2].

Utzon ishidagi qo'shimcha arxitektura yondashuviga misollarni uning qurilmagan Silkeborg muzeyi, Farum shahar markazi taklifi, Herning kengaytirish rejasi, shu jumladan "maktab shaharchasi" va arzon uy-joy uchun moslashuvchan Espansiva yondashuvida ham ko'rish mumkin. Bunga yana bir eng yaxshi misol — Saudiya Arabistonining Jidda shahrida cheklangan miqdordagi takrorlanuvchi elementlardan foydalanishga asoslangan yirik sport markazi uchun taklif etilgan loyihalardan biri bo'lib turibdi[3].

  1. Thomas Bo Jensen, "Om bogen Additive Architecture", Forlaget Ehrhorn Hummerston, published in Arkitekten, Vol 111, no. 14, November 2009. Retrieved 7 October 2011.
  2. Adrian Carter, "Between Earth and Sky: The work of Jørn Utzon, as an exemplary phenomenological approach to modern architecture made concrete." Retrieved 25 September 2011.
  3. Richard Weston: Utzon — Inspiration, Vision, Architecture, Hellerup, Denmark: Edition Bløndal, 2002, pp 248–277.